3. Fanning boblari va ma’ruzalari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy
adabiyot (monografiya va maqolalar), referatlar, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish
chog’ida amalga oshiriladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.
4. Fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha
adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha
semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.
5. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda
fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish. Mustaqil ishning bu
shakli barcha semestr talabalariga tavsiya etiladi.
6. Faol o’qitish metodidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari.
Talabalar tomonidan ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo’yicha
tayyorlangan faol o’qitish metodlarini (munozara, aqlni charxlash, bumerang, klaster
v.b.) qo’llagan dars mashg’ulotlari nazarda tutiladi.
|