Parlament
Parlament — (
inglizcha
: parliament,
fransuzcha
: parlement) davlatning davlat hokimiyati
organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning
deputatlari
xalq
tomonidan
saylanadi va Parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik
hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni
davlatning
qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega
boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi
siyosatini
belgilash va amalga oshirishda
qatnashadi, davlat
byudjetini
tasdiqlaydi, davlatning
soliq
asoslarini va umum davlat soliqlari
hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda
davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi,
yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va
ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan
parlament nazoratini amalga oshiradi. Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat
mintaqalarini jipslashtiruvchi organ boʻlib xizmat qiladi.
Oliy Majlis
binosi
Parlament bir palatali yoki ikki palatali boʻladi (kamdan kam hollarda palatalar koʻproq boʻlishi
mumkin). Ikki palatali parlamentda palatalarni biri umumxalq vakilligi printsipida boʻladi.
Uning
deputatlari
hududiy saylov okruglari boʻyicha saylanadi. Davlatning hududi shunday
okruglarga taqsimlanadi (majoritar saylov tizimi) yoki proportsianal (mutanosib) saylov tizimi
boʻyicha, yaʻni siyosiy partiyalar va harakatlar taklif etgan roʻyxatlar boʻyicha yoxud aralash
tizim boʻyicha saylash oʻtkaziladi.
Palatalarning ikkinchisi davlatning qismlaridan vakillik printsipida boʻladi. Mazkur palata
aʼzolari tegishli hudud aholisi tomonidan, mintaqalarning qonun chiqaruvchi majlislar
tomonidan saylanadi yoxud mintaqalardagi qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatning
boshliqlari lavozimlarini egallab turganlari tufayli palata aʼzosi boʻladilar, yo boʻlmasa,
mintaqalar ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadilar.
Ikki palatali parlamentda palataning tengligi va ayni bir vaqtda ishlashi printsipidan kamdan
kam foydalaniladi, koʻpincha mustaqil ishlaydigan yuqori va quyi palatalar deb atalgan
printsip amal qiladi, qonunchilik jarayoni quyi palatada boshlanadi va u qabul qilgan qonun
koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yuqori palataga uzatiladi. Parlamentlar sessiya tarzida
ishlaydi. Sessiyalar parlamentning yalpi majlislaridan yoki kasaba majlislaridan, deputatlik
qoʻmitalari, komissiyalari, fraktsiyalari va guruhlarning ishidan, parlamentdagi tinglovlaridan
va boshqa tadbirlaridan iborat boʻladi. Ayrim parlamentlarning deputatlari faqat sessiyalarda
ishlaydilar, boshqalari deputatlik mandati tan olingach, avvalgi lavozimidan boʻshab doimiy
ishlash uchun parlamentga oʻtadilar. Parlament davlatning qonunlarini qabul qilishdan
tashqari qarorlar, bayonotlar, deklaratsiyalar, murojaatnomalar, rezolyutsiyalar va boshqa
hujjatlarni ham qabul qiladilar. Parlamentning reglamenti (parlamentlarning reglamentlari)
parlamentni tashkil etishni tartibga soluvchi asosiy hujjatdir. Bundan tashqari parlament
toʻgʻrisidagi, parlament deputatlari (aʻzolari)ning maqomi haqidagi, uning qoʻmitalari va
komissiyalari toʻgʻrisidagi qonunlar hamda boshqa hujjatlar ham boʻlishi mumkin.
== Parlament tarixi
==
Milliy tiklanish
Parlamentda ovoz berish
Jahon mamlakatlarining parlamentlari
Soʻnggi tahrir 1 oy avval Munira.Kushunova tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Asosiy maqola:
Jahon mamlakatlarining parlamentlari
Jogorku Kengesh
—
Qirgʻiziston
parlamenti.
Oliy Majlis
—
Oʻzbekiston
parlamenti.
Knessat
-
Isroil
parlamenti.
Rada
-
Ukraina
parlamenti.
Duma
-
Rossiya
parlamenti.
Buyuk Millat Majlisi
-
Turkiya
parlamenti.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Parlam
ent&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Parlament&oldid=2230996
"
dan olindi