HCl ning taxminiy 0,1N eritmasini tayyorlash. Xlorid kislotaning 0,1 n.
eritmasining 1 litrida 3,646 gr HCl bo’ladi. Konsentrlangan xlorid kislotaning
qancha hajmida 3,6 gr HCl borligini hisoblab chiqamiz. Solishtirma og’irligi 1,19
ga teng bo’lgan xlorid kislota eritmasida taxminan 38% HCl bor.
Quyidagicha proporsiya tuzamiz:.
HCl ning 100 gr eritmasida -- 38 gr HCl bo’lsa.
X gr eritmasida -------36,5 gr bo’ladi.
X = 100
.
36,5/ 38 = 9,6
Kislotaning hisoblab topilgan og’irlik miqdorini hajmga aylantirish uchun
uni kislotaning solishtirma og’irligiga-1,19 ga bo’lish kerak. Shunday qilib
V = 9,6/ 1,19 = 8,1 ml
Konsentrlangan HCl ning hisoblab chiqarilgan hajmini 8–9 ml li kichkina
menzurka yordamida o’lchab oling va katta o’lchov silindiridan foydalanib, 1
litrgacha distillangan suv bilan suyultiring, tayyorlangan eritmani yaxshilab
aralashtiring.
Natriy tetraboratning 0,1N eritmasini tayyorlash. Ish uchun standart
eritmadan 250 ml tayyorlansa, titrlash uchun yetarli bo’ladi. Buning uchun toza
Na
2
B
4
O
7
.
10 H
2
O olinadi. 250 ml 0,1 N eritma tayyorlashga kerakli kristallogidrat
massasi quyidagicha hisoblanadi:
E
tuz
= M/2 = 381,37/2 = 190,69
m
tuz
= (N
.
E
.
V)/1000 = (0,1
.
190,69
.
250)/1000 = 4,767 g
Analitik tarozida yangi qayta kristallangan buradan 4 ta raqamgacha aniqlik
bilan tortib olinadi va u keng bo’g’izli voronka orqali 250 ml li o’lchov kolbasiga
o’tkaziladi. Song kolbani belgisigacha distillangan suv quyilib, tiqini berkitiladi,
eritma yaxshilab chayqatiladi.
Tayyorlangan natriy tetraboratning standart eritmasi titri va normalligi
formulalar asosida hisoblanadi:
T
Na
2
B
4
O
7
.
10 H
2
O
= m/V = 4,7710/250 = 0,01908 g/ml
N
bura
= T
.
1000/E = 0,01908
.
1000/190,69 = 0,1N
Kerakli eritmani tayyorlab bo’lgandan keyin titrlashga kirishiladi. Buning
uchun eng avval yuqorida aytib o’tilgan byuretka va pipetkalar yordamida hajmni
o’lchash qoidalarini o’qib chiqing. Foydalangan byuretkalarni yaxshilab yuvung va
byuretkada suv qolmasligi uchun uni tayyorlangan HCl eritmasining ozgina
miqdori bilan 2 marta chayqang. So’ng byuretkani HCl eritmasi bilan to’ldiring va
uning tagiga kolba yoki stakan qo’yib, qisqichni salgina ochish bilan byuretkaning
uchini havo pufakchalari qoldirmasdan suyuqlik bilan to’ldiring.
Keyin juda tozalab yuvilgan pipetka yordamida titrlangan ishqor eritmasidan
25,00 ml olib, uni konussimon toza kolbaga soling: pipetkaga eritma olishdan
72
oldin uni shu eritma bilan 2 marta chayqab tashlash kerak. Pipetka uchida qolgan
oxirgi tomchi suyuqlikni puflab tushurmasdan, pipetka uchuni kolba devoriga
tekkizib turish bilan tushuring. O’lchab olingan ishqor eritmasiga bir yoki eng
ko’pi bilan 2 tomchi metilloranj eritmasidan qo’shing.
Ana shunday ikkinchi kolbada kontrol eritma tayyorlang. Buning uchun
menzurkada 50 ml distillangan suv solib, unga 1—2 tomchi metilloranj qo’shing
va och pushti rang hosil bo’lishi uchun uning ustiga byuretkadagi HCl eritmasidan
1 tomchi qo’shing. Shundan keyin byuretkadagi HCl eritmasini nol belgiga
keltiring. Aniqlash qiyin, shuning uchun avval ishqor eritmasini titrlash uchun
kerak bo’ladigan kislota eritmasining hajmini 1 ml aniqlik bilan toping.
Birinchi titrlashda kolbaga 23,00 ml HCl qo’shilganda kolbadagi eritma
pushti rangga o’tsin.
2-titrlashda o’shancha miqdorda ishqor eritmasiga 23,00 ml HCl qo’shilgandan
keyin uni tomchilatib qo’shish kerak. Agar eritma rangi haqiqatdan ham o’zgargan
bo’lsa, oxirgi tomchi kislota ta’sirida eritma juda to’q rangga o’tadi. Bunday holda
oxirgi tomchi qo’shilgan kislota e’tiborga olinmaydi. 1 tomchi HCl ta’sirida
eritmaning rangi o’zgargandan so’ng byuretkaga qarab titrlash uchun qancha
kislota ketganligini yozib oling.
Agar byuretkadagi suyuqlik meniskining pastki qismi byuretkaning biror
darajasiga to’g’ri kelmasa, ml ning 100 dan bir ulushlarini chamalab oling.
Byuretka darajalarini yozib olishda hamma vaqt ko’zingiz suyuqlik meniski bilan 1
xil balandlikda bo’lsin. Aniq titrlashni eng kamida 3 marta qaytarish kerak. Buning
uchun har safar ishqor eritmasining yangi proporsiyasini olib, har safar byuretkani
suyuqlik bilan nol belgigacha to’ldiring.
Agar tajriba yaxshi bajarilsa, titrlash uchun sarf bo’lgan kislota hajmlari
orasidagi farq ml ning 100 dan 1 qismiga teng bo’ladi. Hech qachon bu farq 0,1 ml
dan ortmasligi kerak. Agar titrlash natijalari orasidagi farq 0,1 ml dan ortiq bo’lsa,
titrlashni bir-biriga mos keladigan 3 ta qiymat olguncha takrorlang va ulardan
o’rtachasini oling.
Ish natijalarini yozish tartibi
1-titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n HCl hajmi V
1
= 14,70 ml
2-titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n HCl hajmi V
1
= 14,80 ml
3-titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n HCl hajmi V
1
= 14,76 ml
Sarf bo’lgan 0,1 n HCl eritmasining o’rtacha hajmi
V
o’rt
(HCl) = (V
1
+ V
1
+ V
1
)/ 3 = (14,70 + 14,80 + 14,76)/ 3 = 14,75 ml
Xlorid kislotaning o’rtacha hajmidan foydalanib ishqor eritmasining normalligi
aniqlanadi:
N
HCl
.
V
o’rt
(HCl)= N
NaOH
.
V
NaOH
Bu yerdan
73
N
NaOH
= N
HCl
.
V
o’rt
(HCl)/ V
NaOH
= 0,1011
.
14,75 / 15 = 0,09942 N
So’ng ishqor eritmasining titri hisoblanadi:
T
NaOH
= N
NaOH
.
E
NaOH
/ 1000 = 0,09942
.
40 /1000 = 0,003978 g/ml
Va nihoyat 250 ml eritma tarkibidagi NaOH massasi quyidagi formula bo’yicha
topiladi:
m
NaOH
= T
NaOH
.
V
o’lchov kolba
= 0,0003978
.
250 = 0,9945 g
Dostları ilə paylaş: |