chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (20-60) nafar o‘quvchilardan iborat guruhlarda
sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z
ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy xal etilishi lozim bo‘lgan turli xil
topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan
vaqt ichida ijobiy xal etilgach, bu haqida guruh a‘zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (ijodiy vazifaning yechimi) talaba va
boshqa guruhlar a‘zolari tomonidan muxokama qilinadi va unga baho beriladi.
Mashg‘ulot yakunida berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari
orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e‘lon qiladi. Mashg‘ulot
jarayonida guruh a‘zolarining faoliyatlari ishtirokchilari darajasiga ko‘ra baholab
18
―Aqliy hujum‖ usulini qo‘llashda hamma o‘quvchilar 1 tadan oq qog‘oz
olishadi va unga guruhi, familiyasi va ismini yozishadi.
O‘quvchilarga 15 minut vaqt beriladi va o‘tiladigan mavzu to‘g‘risida
o‘zlarining tushunchalarini yozishadi. So‘ngra varaqlar yig‘ib olinadi.
O‘quvchilarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash
maqsadida yana bir innovatsion usul - ―Elpig‘ich‖ usulidan foydalanamiz (2-rasm)
2-rasm
Bu usulda taxtadan (doskadan) foydalansa ham bo‘ladi, o‘tilgan mavzudan
umumiy xulosa chiqariladi. Bu vaqtda ―Bumerang‖ usulidan foydalanib, mavzuni
tushuntirganimizda qaysi o‘quvchilar ko‘proq o‘zlashtirgan bo‘lsa, ko‘proq o‘sha
o‘quvchilar qarshi fikr bildira oladi.
O‘quvchilarda mashg‘ulotda faollik ko‘rsatib, an‘anaviy mashg‘ulotlardan
farqli o‘laroq befarqlik o‘rnini xushyorlik, ichki intilish, yechim qidirish egallaydi,
o‘zlari ham muammolar yechimini topishda shaxsan ishtirok etishga xissa
qo‘shishga intiladilar. Bunday usulda dars o‘tish o‘quvchilarda faollikni oshirishi,
mustaqil, erkin fikrlashga, fikr almashishga o‘rgatishi, o‘z bilim va malakasini
oshirishga intilish paydo qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: