Қорин чурралари


Qorinning oldingi yonbosh devori



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#47420
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Qorinning oldingi yonbosh devori. 

Yuqoridan  –  xanjarsimon  o‟simta  va  qovurg‟a  yoylari,  o‟ng  va  chap  tomondan  -  orqa  qo‟ltiq 

osti chizig‟i (lin.axillaris posterior), pastdan – qovuq suyaklarining simfizi, chov burmalari, yonbosh 

suyagi tojlari to orqa qo‟ltiq osti chizig‟igacha chegaralanadi. 

Qorinning old – yonbosh devorini bir nechta viloyatlarga bo‟lish maqsadga muvofiqdir,chunki 

churralarning  aniq  topik  diagnozini  va  ularning  hajmini  aniqlashda  muhim  ahamiyati  bor.Shartli 

ravishda qorinning old devoridan ikkita  gorizontal chiziq o‟tkaziladi: yuqoridan qovurg‟a  yoylarini 

birlashtiruvchi  –  lin.bicostalis,  pastdan  –  yonbosh  suyaklar  o‟simtalarini  birlashtiruvchi  – 

lin.bispinalis.  Ana  shu  chiziqlar  qorinning  old  yonbosh  devorini  uch  qavatga  bo‟ladi.  Birinchi 

yuqorigi qavat – epigastrium, o‟rta – mesogastrium, va pastki – hipogastrium deb nomlanadi. 

Qorinning  to‟gri  mushaklari  qirrasidan  vertikal  holda  o‟tkaziladigan  ikkita  chiziq  yuqoridagi 

bo‟limlarni yana uchta viloyatga bo‟ladi. Shunday qilib, yuqorigi qavatda haqiqiy epigastral (regio 

epigastrica  propria),  o‟ng  va  chap  qovurg‟a  osti  viloyatlariga  bo‟linadi.  Qorinning  o‟rta    qismi  – 

kindik  (regio  umbilicalis),  o‟ng  va  chap  yonbosh  (regio  lateralis  abdominalis  dextra  et  sinistra), 

bo‟limlariga ajratiladi. Pastki qismi ham uchta – qovuq (regio pubica), o‟ng va chap yonbosh – chov 

(regio ileoinguinalis dextra et sinistra) viloyatlariga bo‟linadi. 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin