AORTAL ILLATLAR
Aorta tavaqasi yetishmovchiligi
Ao tavaqalarining diastola vaqtida qonning Ao dan ChQ ga qaytishi (regurgitasiyasi) ga olib keluvchi yopilmasligi.
Etiologiya
2/3 hollarda tavaqalarning revmatik shikastlanishlari, shuningdek infeksion endokardit
Infeksion endokardit, Ao anevrizmasi, jarohqat, sifilis,ankilozlovchi spondiloartrit, AG, aortit,
Marfran sindromi (Ao tavaqalari fibroz halqasining dilatasiyasi), Rayter sindromi, TQB, RA.
Patogenez
Patomorfologiya
Yalliqlanish natijasida tavaqalar qalinlashadi, qisqaradi, deformasiyalanadi va yoki
kalsifikasiyalanadi hamda diastola vaqtida to`lig` yopilmaydi. Ortiqcha qon miqdori Chq dilatasiyasiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda Chq dilatasiyasi
rivojlanadi.
Klinika
Ao tavaqalarining yaqqol yetishmovchiligida Chqga qon qaytishi va arterial qon bosimi o`zgarishlari bilan bog`li` qator simptomlar aniqlanadi:
Uyqu arteriyalarining yaqqol pulsasiyasi (“Plyaska karotid”).
De Myusse simptomi – boshning yurak sistola bilan birga kechuvchi old-orqaga chayqalishi.
-
Kvinke simptomi (“kapillyar puls”) – tiniq oyna yoki barmoqlar uchi bilan bosilganda
arteriolalar pulsasiyasi bilan birga lablar yoki tirnoq doirasi rangining o`zgarishi.
- Dyuoroze simptomi – son arteriyasi auskultasiya qilinayotgan nuqtadan proksimal soha bosilganda sistolik va distal soha bosilganda diastolik shovqin eshitilishi.
- Traube ikkilik toni – son arteriyasida (sistola va diastola bilan bog`liq) kuchli ikkilik ton (“pushka tovushi”) eshitilishi.
-
Xill simptomi – AQBning oyoqlarda qo`llardagiga nisbatan s.u.b. 100 mm gacha baland bo`lishi.- yurak asosi ustida (qng tomon II qovurg`aoralig`ida, to`sh
dastasi ustida) sistolik titrash.
Diagnostika
Rentgenologik tekshiruv:
1. Yurak o`lchamlarining kattalashishi
2. Aorta chiqish qismining kengayishi
3. Aorta tavaqalarining kalsifikasiyasi
4. «Aortal konfigurasiya» («o`tirgan o`rdak» yoki «sabo»)
Exokardiografiya: ikki o`lchamli rejimda – Chq gipertrofiyasi, bir o`lchamli rejimda – old mitral tavaqa titroqi, dopplerografik tekshiruvda aortadan Chqga qon
qaytishi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |