TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI 82. Elektrolitlarda elektr toki. Elektrolitik dissotsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari
1. Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti quyidagi qanday
birlikda o‘lchanadi?
A)C·kg B)A·kg C)C/kg D)kg/C
2. Harorat ortishi bilan elektrolitlarning o‘tkazuvchanligi qanday
o‘zgarishini toping.
A)o‘zgarmaydi B)kamayadi
C)ortadi D)elektrodning turiga bog‘liq
3. Elektroliz vaqtida biror ko‘ndalang kesim orqali 1 sekundda
musbat ionlar 1,5 C, manfiy ionlar 2 C zaryad olib o‘tgan bo‘lsa,
tashqi zanjirdagi tok kuchi nimaga teng (A)?
A)4 B)3,5 C)1 D)2,5
4. Quyidagi CuSO
2
va CuCl 2
eritmalari solingan vannalar ketma –
ket ulanib, ulardan o‘zgarmas tok o‘tkazilgan. Bir xil vaqtda ikkala
vannada ajralgan misning massalarini solishtiring.
A)m
1
=2m
2
B)m
1
=m
2
C)2m
1
=m
2
D)m
1
=4m
2
5. Elektrolitdan tok o‘tganda, katodda ajralib chiqqan modda
massasi…
A)elektrolitdan o‘tgan zaryad miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘lib,
moddaning turiga ham bog‘liq bo‘ladi
B)elektrolitdan o‘tgan tok kuchi va moddaning elektrokimyoviy
ekvivalentining ko‘paytmasiga teng
C)elektrolitdan o‘tgan tok kuchiga va tok o‘tish vaqtining
ko‘paytmasiga teng bo‘ladi
D)hamma javob to‘g‘ri
6. Kuchlanishni o‘zgartirmasdan, vanna elektrodlari orasidagi
masofani orttirsak tok kuchi qanday o‘zgaradi?
A)ortadi B)kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)modda turiga bog‘liq
7. Elektrolitlar orqali tok o‘tganda ko‘chishi mumkin bo‘lgan eng
kichik zaryadni javoblardan tanlang (C).
A)3,2·10
–19
B)1,6·10
–19
C)1 D)1,6·10
–20
8. Elektrolitlar eritmasidagi elektr toki…
A)musbat va manfiy ionlarning tartibli harakatidan iborat
B)musbat ionlarning tartibli harakatidan iborat
C)manfiy ionlarning tartibli harakatidan iborat
D)elektronlar, manfiy va musbat ionlarning tartibli harakatidan
iborat