1. O‘zgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshilikka ega bo‘lgan rezistor
ulangan. Kuchlanish va tok kuchi orasidagi faza farqi nimaga teng?
A)π/2 B)0 C)π D)π/3
2. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanish U=140sin100πt (V)
qonun bo‘yicha o‘zgarsa, kuchlanishning samarador qiymati
nimaga teng (V)?
A)100 B)140 C)220 D)360
3. O‘zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish U=200sin100πt (V) qonun
bo‘yicha o‘zgaradi. Qarshiligi 5 Ω bo‘lgan rezistordan o‘tayotgan
tok kuchining amplituda qiymati nimaga teng (A)?
A)5 B)40 C)15 D)20
4. O‘zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish U=140sin314t (V) qonun
bo‘yicha o‘zgaradi. Kuchlanishning samarador qiymati (V) va
tokning chastotasi (Hz) topilsin.
A)100; 3,14 B)100; 50 C)140; 314 D)140; 50
5. Tok zanjirida kuchlanish qonuni U=400sin100πt (V) bo‘yicha
o‘zgaradi. Qarshiligi 5 Ω bo‘lgan rezistordagi tok kuchining
amplituda qiymati nimaga teng (A)?
A)4 B)20 C)800 D)80
6. O‘zgaruvchan tok kuchining amplituda qiymati 12 A ga teng.
Tok kuchining ta’sir etuvchi qiymati qanchaga teng bo‘ladi (A)?
A)6 B)3 C) 2
6
D)
2
3
7. O‘zgaruvchan tok tarmog‘ining voltmetr bilan o‘lchanadigan
kuchlanishi 220 V bo‘lsa, kuchlanishning amplituda qiymati nimaga
teng (V)?