Ma’muriy-huquqiy normalar nima? Ma’muriy-huquqiy normalar davlat tomonidan o’rnatilgan,
ma’muriy-huquqiy faoliyat jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish maqsadida ushbu munosabatlar
subyektlarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini belgilaydigan
xulq-atvor qoidalaridir.
Yodda tuting! Ma’muriy-huquqiy normalar – ma’muriy huquq tarmog’ining
boshlang’ich elementi sifatida quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:
ma’muriy-huquqiy normalar davlat tomonidan o’rnatiladi va
ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi;
ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy
munosabatlar
ishtirokchilarining
xulq-atvorini,
xatti-harakatini
tartibga soladi;