Methodological recommendations for writing case .................... 98
Exemplary response for case ......................................................... 99
6
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan
munosabatlarning shakllanishi va chuqurlashib borishi, davlat
hokimiyatining
konstitutsiyaviy
bo’linishi va samarali ijro
hokimiyatining
tashkil
etilishi,
davlatchilikni
mustahkamlash
zaruriyati, zamonaviy huquqiy demokratik davlatni barpo etish, davlat
boshqaruvi nazariyasi va amaliyotining o’zgarishi – bularning
barchasi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqaruv sohasidagi
ma’muriy-huquqiy
va
ma’muriy-protsessual
o’zgarishlarni
ta’minlashga qaratilgandir.
O’zbekiston tanlab olgan yo’l – respublika va uning xalqining
manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir. Bozor sharoitiga
o’tilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning
roli jiddiy o’zgaradi. Bozor iqtisodiyotining o’zini o’zi tartibga
soluvchi mexanizmlari tobora katta rol o’ynaydi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan erkin bozor munosabatlariga
o’tish izchil tarzda eskicha tartiblarga barham berish, uning o’rniga
yangi bozor tartiblarini asta-sekin joriy eta borish, iqtisodda,
siyosatda, madaniy-ma’naviy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish
yo’li bilan jamiyatni yangilash orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda ma’muriy-huquqiy va ma’muriy-protsessual
fanlarni, ma’muriy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga
bo’lgan e’tibor yanada kuchaytirildi. Bu esa O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy islohotlar konseptsiyasi va
2018-yil 8-yanvar kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
“Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonuni bilan bevosita
bog’liqdir. Bu orqali esa Ma’muriy huquq fanini o’rganishga yangicha
yondashishni taqozo etmoqda.
Ma’muriy
huquq
fanini
o’rganish
jarayonida,
davlat
mustaqilligidan so’ng yuz bergan o’zgarishlarni ham inobatga olish,
yangi Ma’muriy huquq o’quv kursini shakllantirishda xorijiy
mamlakatlarning tajribasini o’rganish lozim.
7
“Ma’muriy huquq va protsess” darsligi – O’zbekiston
Respublikasining yangi qonunchiligi asosida, ma’muriy huquqning
nazariy-huquqiy masalalarini yoritib berishni, mamuriy tartib-
taomillar amaliyotiga e’tiborni kuchaytirishni, davlat boshqaruvini
yangicha fikrlovchi kadrlar bilan ta’minlash ishini samarali tashkil
etishni takomillashtirishni nazarda tutadi.
“Ma’muriy huquq va protsess” darsligining asosiy vazifalari
quyidagilar hisoblanadi:
zamonaviy boshqaruv tizimidan kelib chiqib ma’muriy
huquqning tushunchasi va predmetini o’rganish;
ma’muriy
huquq
normalari
va
ma’muriy-huquqiy
munosabatlarni yoritib berish;
davlat boshqaruvining ma’muriy-huquqiy shakllari va usullarini
yoritib berish;
turli sohalarni ma’muriy-huquqiy tartibga solishni tahlil qilish;
ma’muriy protsessni o’rganish;
ma’muriy tartib-taomillarni o’rganish va tahlil qilish;
ma’muriy ish yurituvni o’rganish;
ma’muriy hujjatni tahlil qilish;
ma’muriy yustitsiyani o’rganish va tahlil qilish;
Darslikda ma’muriy-huquqiy munosabatga oid muammoli
vaziyat(kazus)larni tegishli mavzularga bog’lab tahlil qilishga harakat
qilingan.
|