Kerakli asboblar: probirkalar bilan shtativ; pipetkalar; termostat; spirt
lampasi.
Reaktivlar: 1. Kraxmalning 1% li eritmasi. 2. Saxarozaning 2%li
eritmasi. 3. Suyultirilgan so’lak, Amilaza fermenti shirasi. 4. Saxaroza (10 g achitqini
100 ml distillangan suvda gomogenezasiya qilinadi). 5. Natriy ishqorining 20% li
eritmasi. 6. Mis sulfatning 5% li eritmasi.
Ishning borishi: Birinchi va ikkinchi probirkalarga 2-4 ml kraxmal eritmasidan;
uchinchi va to’rtinchi probirkalarga 2-4 ml suyultirilgan so’lak (amilaza), ikkinchi va
to’rtinchi probirkalarga 2-4 ml saxaroza fermenti solinadi, so’ngra probirkalarni
chayqatib, 20 minut 37°C da termostatga inkubasiya qilish uchun qo’yiladi.
Inkubasiyadan keyin 1 va 2-probirkalarga 1-2 tomchi yodning kaliy yoddagi
eritmasidan tomiziladi. 3 va 4-probirkalarga 2-4 ml natriy ishqorining 20% li
eritmasidan, 2-4 tomchi mis sulfatining 5% li eritmasidan solib qizdiriladi. Reaksiya
natijalari jadvalga yozib, xulosa qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |