Oqsillarning izoelektrik nuqtasini aniqlash
Oqsillar kimiyoviy xossalarga ko’ra amfoter moddalar hisoblanadi, ularning
molekulasida erkin korboksil va amin guruhlari bor. Oqsillarning kislotali xossalari
polipeptid zanjirlari oxiridagi karboksil guruhlariga va dikarbon aminokislotalar
hisobiga namoyon bo’ladi. Kislotali muhitni hosil qilishga tarkibidagi fenol
gidroksilini tutuvchi tirozin va sulfigidril guruhi tutuvchi amonokislotalar ta’sir
qiladi. Oqsillarning ishqoriy xossalari amin, imin, va diaminomonokarbon
aminokislotalarning guruhlari hisobiga boradi.
Ham manfiy, ham musbat zaryadli guruhlar mavjudligi tufayli oqsillar ham
aminokislotalarga o’xshash amfoterlik xususiyatga ega. Suvli eritmada oqsillarning
ishqor va kislotali guruhlar orasida protonlarning ko’chish tufayli, tarkibida ko’p –
NH
3
+
va –COO
-
guruh tutuvchi amfion hosil bo’ladi. Agar manfiy va musbat
zaryadlarning soni teng bo’lsa oqsil molekulasining zaryadi amaliy jihatdan nolga
teng bo’lib, elektr maydonida hech qayoqga siljimaydi.
Ishqoriy muhitda oqsillar ortiqcha COO
-
guruhlarga ega bo’lib, anion rolini
o’ynaydi. Masalan, natriy ishqori bilan oqsillarning natriyli tuzi hasil bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: |