Elektronika va sxemotexnika



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/110
tarix02.01.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#47885
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Elektronika va sxemotexnika

p-n o„tish sig„imi.  Past chastotalarda p-n o‗tish toki faqat elektron – kovak 
o‗tishning  aktiv  qarshiliklari  hamda    yarim  o‗tkazgichning  p  va  n  –sohalarining 
qarshiligi  (r
B
)  bilan  aniqlanadi.  Yuqori  chastotalarda  p-n  o‗tishning  inersiyasi 


 
 
33 
33 
uning sig‗imi bilan aniqlanadi. Odatda p-n o‗tishning ikkita asosiy sig‗imi hisobga 
olinadi: diffuziya va to‗siq (barer).  
To‗g‗ri  ulangan  p-n  o‗tishda  qo‗shni  sohalarga  asosiy  bo‗lmagan  zaryad 
tashuvchilar  injeksiyalanadi.  Natijada  p-n  o‗tishning  yupqa  chegaralarida  qiymati 
jihatidan  teng  lekin  qarama-qarshi  ishoraga  ega  bo‗lgan  qo‗shimcha  asosiy 
bo‗lmagan  zaryad  tashuvchilar  Q
DIF
  yuzaga  keladilar.  Kuchlanish  o‗zgarsa 
injeksiyalanayotgan  zaryad  tashuchilar  soni,  demak  zaryad  ham  o‗zgaradi.  
Berilayotgan kuchlanish ta‘siridagi bunday o‗zgarish, kondensator qoplamalaridagi 
zaryad  o‗zgarishiga  aynan  o‗xshaydi.  Bazaga  asosiy  bo‗lmagan  zaryad 
tashuvchilar  diffuziya  hisobiga  tushganliklari  sababli,  bu  sig‗im  diffuziya  sig‘imi 
deb ataladi va quyidagi ifodadan aniqlanadi 
kT
qI
C
ДФ


.      (2.8) 
 
(2.8)  ifodadan  ko‗rinib  turibdiki,  p-n  o‗tishdan  oqib  o‗tayotgan  tok  va 
bazadagi  zaryad  tashuvchilarning  yashash  vaqti 

qancha katta bo‗lsa, diffuziya 
sig‗imi ham shuncha katta bo‗ladi 
Ikki  elektr  qatlamga  ega  bo‗lgan  elektron  –  kovak  o‗tish  zaryadlangan 
kodensatorga o‗xshaydi. O‗tish sig‗imi o‗tish yuzasi S, uning kengligi va dielektrik 
doimiysi 

bilan aniqlanadi. O‗tish sig‗imi to‘siq sig‘imi deb ataladi va quyidagi 
ifodadan aniqlanadi 
 





 

Na
Nd
U
qNd
S
C
K
T
1
2
0
0


.   (2.9) 
 
O‗tishga kuchlanish berilsa, bu vaqtda o‗tish kengligi o‗zgarganligi sababli, 
sig‗im ham o‗zgaradi. Sig‗imning berilayotgan kuchlanish U qiymatiga bog‗liqligi 
quyidagicha  
 
U
U
U
C
C
K
K
Б
Б


0
.     (2.10) 
 
To‗g‗ri  ulangan  o‗tishda  musbat  ishorasi,  teskari  ulanganda  esa  manfiy 
ishora  olinadi.  S
B
  berilayotgan  kuchlanishga  bog‗liqligi  sababli  p-n  o‗tishni 
o‗zgaruvchan sig‗imli kondensator sifatida qo‗llash mumkin. 
To‗g‗ri kuchlanish berilganda diffuziya sig‗imi to‗siq sig‗imidan ancha katta 
bo‗ladi,  teskari  kuchlanishda  esa  teskari.  Shuning  uchun  to‗g‗ri  kuchlanish 
berilganda p-n o‗tish inersiyasi diffuziya sig‗imi bilan, teskari ulanganda esa to‗siq 
sig‗imi bilan aniqlanadi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin