3
3
KIRISh
Elektronika – elektronlarni elektr maydoni bilan ta‘sirini va axborot
uzatish, qayta ishlash va saqlashda qo‗llaniladigan elektron asbob va qurilmalarni
yaratish usullarini o‗rganish bilan shug‗ullanadigan fan.
Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bo‗lgan talablarini
qondirishga mo‗ljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish
munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini
yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda
bog‗liq. Insonlar o‗rtasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi
bir necha bosqichlardan iborat: harakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi,
elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash
qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot
uzatishning yangi usuliga o‗tish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin
o‗sishiga olib kelgan. Elektronika uzoq masofalarga uzatilayotgan axborotning
uzatish tezligi va hajmini keskin orttirdi. Elektronika rivojlanish jaaryonida to‗rt
bosqichni bosib o‗tdi.
Dostları ilə paylaş: