To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilma va
tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataladi.
Mikroelektronikaning birinchi mahsulotlari – integral mikrosxemalar 60
yillar so‗ngida paydo bo‗ldi. Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv –
texnologik usullarda yaratiladi: qalin pardali va yupqa pardali gibrid integral
mikrosxemalar (GIS) va yarim o‗tkazichli integral mikrosxemalar.
Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda elementlararo
ulanishlarni ta‘minlash bilan birgalikda, ularning kichik o‗lchamlarini, energiya
ta‘minotini, massa va material hajmini ta‘minlaydilar. Ko‗p sonli chiqishlar va
qobiqlarning yo‗qligi radio elektron apparaturalarning hajmi va massasini
kichraytiradi.