11
11
yuqori temperaturali plazmadan iboratdir.
2. Gazdan elektr tok o‘tishi (elektr razryad) jarayonida ham plazma hosil
bo‘ladi. Gaz razryadli plazma elektronlar va ionlar gaz razryadni vujudga
keltirayotgan elektr tok manbaidan doimo energiya olib turadi. Natijada ioilar va
elektronlarning temperaturalari keskin farq qiladi, chunki elektronlar elektr
maydonda ko‘proq tezlashadi. Masalan, yolqin razryadda elektronlar
temperaturasi
10000 K bo‘lsa, ionlar temperaturasi
2000 K dan ortmaydi.
Erning ionosferasidagi plazma Quyosh nurlanishi tufayli atmosferadagi gaz
molekulalarining fotoionlashuvi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun
plazmaning bu turi gaz razryadli plazmadan farq qiladi.
Plazma zarralari, huddi oddiy gaz molekulalariga o‘hshash betartib
harakatda bo‘ladi. Lekin neytral molekulalardan tashkil topgan oddiy gazdan farqli
ravishda plazma radiotulkinlarni qaytaradi. Buning sababi plazmaning
elektromagnit maydon bilan ta‘sirlashuvidir.
Plazmaning
eng
asosiy
xususiyati
– uning kvazineytralligidir.
Kvazineytrallik tushunchasi bilan elektronlar na bir xil ionlardan iborat bo‘lgan
plazma misolida tanishaylik. Bunday plazmada elektronlarning issiqlik harakat
tezliklari ionlarnikidan kattaroq bo‘ladi. Shuning uchun elektronlar plazmadan
tezroq chiqib ketishi va natijada plazmada ionlar miqdorining ortib ketishi tufayli
elektr maydon vujudga kelishi lozim edi. Lekin plazmada katta elektr maydonlar
vujudga kelmas ekan. Buning sababi quyidagida: plazmaning biror qismida
ionlarning to‘planib qolishi natijasida vujudga kelgan elektr maydon chiqib
ketayotgan elektronlarga tormozlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, so‘ng ularni orqasiga
qaytaradi. Shu tarzda elektronlarning tebranma harakati vujudga keladi. Bu
tebranishlarning chastotasi va amplitudasini topaylik.
Zichligi
n
e
bo‘lgan elektronlarning
x masofaga siljishi natijasida vujudga
kelgan elektr maydon (bu maydonni birinchi yaqinlashuvda yassi kondensator
plastinkalari oralig‘idagi elektr maydonga o‘hshatsa bo‘ladi)
kuchlanganligi
E
o
–
o
x
en
e
(1.11)
ga teng bo‘ladi. Bu maydonda
elektronga
F
eE
–
o
2
x
n
e
e
(1.12)
kuch ta‘sir etadi. Bu kuch miqdoran siljishga proporsional va siljish yo‘nalishiga
qarama-qarshi yo‘nalgan. U garmonik tebranishlarni vujudga keltiruvchi
kvazielastik kuch (
F
–kx) ga o‘hshashdir. Shuning uchun bu kuch ta‘sirida
elektron oldinga
va orqaga
pl
e
e
m
n
e
o
2
(1.13)
12
12
chastota bilan harakat qiladi. Bu harakatni
plazma tebranishlari,
pl
ni esa
plazma
chastotasi yoki
lengmyur chastotasi deyiladi. Albatta, elektronlar bilan ionlar
to‘qnashuvi natijasida elektronlarning tebranma harakati so‘nadi.
Plazma tebranishlari sodir bo‘ladigan masofani quyidagi mulohazalar
asosida topamiz: elektr
maydonda x masofaga siljigan elektron
A
F
x
o
2
2
x
n
e
e
(1.14)
ish bajaradi. Bu ish shu elektron kinetik energiyasining o‘rtacha o‘zgarishi
(tahminan
kT
e
ga teng) hisobiga bajariladi. Shuning uchun
o
2
2
x
n
e
e
kT
e
.
Bundan
x
2
e
e
n
e
kT
2
o
(1.15)
Bu ifoda issiqlik harakati tufayli plazmada zaryadlar fazoviy ajraladigan
masofaning maksimal qiymatini aniqlaydi. Odatda, uni
debay radiusi (
D
) deb
ataladi:
D
e
e
n
e
kT
2
o
(1.16)
Shunday qilib, debay radiusi zaryadlarning fazoviy ajralish masshtabini,
plazma chastotasi esa zaryadlarning ajralmagan holatga qaytish davrini, ya‘ni
plazmaning zaryad jihatdan neytralligini tiklash davrini harakterlaydi. Bu ikki
kattalik plazmaning asosiy harakteristikalari hisoblanadi.
Hulosa qilib aytganda, elektronlar va ionlardan iborat gazni, bu gaz egallagan
hajmning chiziqli o‘lchamlari debay radiusidan katta bo‘lgandagina (faqat shu
holdagina kvazineytrallik sharti bajariladi) plazma deb atash mumkin.
Hozirgi vaqtda plazmadan ikki yo‘nalishda foydalanish mo‘ljallanyapti:
1) boshqariluvchi
termoyadro
reaktsiyalarida;
2) magnitogidrodinamik
generatorlarda (MGDG).
Dostları ilə paylaş: