17
17
shishasimon va suyuq yarim o‗tkazgichlar o‗rganilmoqda. Oddiy yarim
o‗tkazgichlardan texnikada keng qo‗llaniladiganlariga kremniy va germaniy kiradi.
Murakkab yarim o‗tkazgichlar Mendeleyev davriy sistemasidagi turli gurux
elementlari birikmasidan, masalan: A
III
B
V
(InSb, CaAs,Cap), A
II
B
VI
(CdS, ZnSe)
elementlari birikmasidan, shuningdek, ba‘zi oksidlar (Cu
2
O) dan iborat. Yarim
o‗tkazgichli kompozisiyalarga (tirit, silit), sopol bilan birikkan kremniy karbidi
(SiC) va grafitli yarim o‗tkazgichlar misol bo‗la oladi.
Yarim o‗tkazgich ishlatilgan asbob uskunalar xizmat muddatining yuqoriligi,
hajm va og‗irligiga nisbatan kichikligi, oddiy ishonchli ishlashi, iqtisodiy
samaradorligi va boshqa sifatlari bilan ajralib turadi.
A
III
B
V
birikmalari komponentlari vakuum yoki inert gaz muhitida o‗zaro
ta‘sir ettirish yo‗li orqali olinadi. Tozalangan birikmaning erish harorati uni tashkil
etuvchi komponentlarning erish haroratidan yuqoriroq bo‗ladi.
A
III
B
V
birikmalari u yoki bu turdagi yarim o‗tkazgich asboblarini tayyorlash
uchun muxim material hisoblanadi. Bunday birikmalarga fosfatlar, arsenidlar va
antimonidlar kiradi. Bularning ichida amalda eng ko‗p qo‗llaniladigani galliy
arsenidi va fosfidi hamda indiy antimonididir.
Galliy arsenidi taqiqlangan zonasining kengligi 1,43 eV bo‗lib,
elektronlarning harakatchanligi Ge va Si nikidan yuqoriroq bo‗ladi. Galliy
arsenididagi kovaklarning harakchanligi Si – dagi teshiklarning siljuvchanligiga
yaqin. Bu materialning akseptorlari sifatida rux, qadimiy, misdan foydalaniladi,
donorlari sifatida esa S, selen, tellur va davriy sistemadagi VI gurux elementlari
olinadi.
Dostları ilə paylaş: