10
10
elektrodlarga berilgan kuchlanish bir necha yuz voltga
teng bo‘lganda naychadagi gazda mustaqil razryad
kuzatiladi. Razryad tuzilishining mayda tafsilotlari bilan
qiziqmay, uni ikki qismdan iborat deb ko‘rishimiz
mumkin. Katodga yaqin joylashgan nurlanish sodir
bo‘lmayotgan sohani katod qorong‘i fazosi deyiladi.
Razryadning qolgan (anodgacha davom etgan) qismida
miltillagan nurlanish kuzatiladi. Razryadning bu qismini
nurlanuvchi anod ustuni deyiladi.
Yolqin razryad deb
nomlangan bu razryadda katod hamma vaqt sovuqligicha qoladi. U holda ionlar
qanday vujudga keladi? Bu savolga javob berish uchun katod bilan anod
oralig‘idagi nuqtalarda potensialning o‘zgarishi bilan tanishaylik. 4
b–rasmda katod
va naycha ichidagi tekshirilayotgan nuqta orasidagi kuchlanish
U ni katoddan
ushbu nuqtagacha bo‘lgan masofa
l ga bog‘liqlik grafigi tasvirlangan. Bu grafikdan
ko‘rinishicha, potensialning asosiy tushuvi katod qorong‘i fazosiga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun ham uni katod potensial tushuvi deb ataladi. Katod tomon
tortilayotgan musbat ionlar bu sohada katta energiyalarga erishadi va katodga
urilgach, undan bir necha elektron ajralib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Bu
elektronlar o‘z navbatida katod potensiali ta‘sirida tezlashib gaz molekulalari bilan
to‘qnashganda zarbdan ionlanishni vujudga keltiradi. Vujudga kelgan yangi ionlar
yana katod tomon intiladi, katod potensiali ta‘sirida yana tezlashadi, katoddan
elektronlarni urib chiqaradi va hokazo. Demak, elektrodlar oralig‘ida kuchlanish
mavjud bo‘lsa, razryad uzluksiz davom etaveradi. Shuni ham qayd qilib o‘taylikki,
fanda elektronlar bilan birinchi tanishuv yuqorida bayon etilgan tajribadagi
katoddan ajralib chiqayotgan elektronlar oqimini tekshirish natijasida ro‘y bergan.
Shuning uchun bu elektronlar oqimi katod nurlari deb atalgan. Katoddan
elektronlarni urib chiqarayotgan musbat ionlar esa anod nurlari deb atalgan.
Naychadagi gazni o‘zgartirganda nurlanishning rangi qam o‘zgaradi.
Masalan, neon – qizil, argon – ko‘kish, geliy – sariq rangdagi nurlanish beradi.
Yolqin razryadning bu xususiyatlaridan kunduzgi yorug‘lik lampalarida,
vitrinalarni yoritish, bezash maqsadlarida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: