33 –rasmda n – turdagi kanali qurilgan MDYa tranzistor tuzilmasi (a) va
uning shartli belgisi (b) keltirilgan.
Agar U ZI = 0 bo‗lganda U SI kuchlanish o‗rnatilsa, u holda kanal orqali
elektronlar hisobiga tok oqib o‗tadi. Zatvorga istokka nisbatan manfiy kuchlanish
berilsa, kanalda ko‗ndalang elektr maydon yuzaga keladi va uning ta‘sirida
kanaldan elektronlar itarib chiqariladilar. Kanal elektronlar bilan kambag‗allashib
boradi, uning qarshiligi ortadi va stok toki kamayadi. Zatvordagi manfiy
kulchlanish qancha katta bo‗lsa, bu tok shuncha kichik bo‗ladi. Tranzistorning
bunday rejimi kabag‘allashish rejimi deb ataladi.
56
56
Agar zatvorga musbat kuchlanish ta‘sir ettirilsa, hosil bo‗lgan elektr
maydoni ta‘sirida, istok va stok, hamda kristalldan kanalga elektronlar kela
boshlaydilar, kanalning o‗tkazuvchanligi va shu bilan birga stok toki ortib boradi.
Bu rejim boyish rejimi deb ataladi.
Ko‗rib o‗tilgan jarayonlar 34 a – rasmda keltirilgan statik stok – zatvor
xarakteristikada: U SI =const bo‗lgandagi I S = f (U ZI ) bilan ifoda-langan.
ЗИ U
0 bo‗lganda tranzistor boyish rejimida,
ЗИ U
0 bo‗lganda esa
kambag‗allashish rejimida ishlaydi.
a) b) 33 – rasm.
Boyish rejimida stok xarakteristikalari U ZI = 0 da olingan boshlang‗ich
xarakteristikadan - yuqorida, kambag‗allashish rejimida esa – pastda joylashadi
(34 b- rasm).
a) b) 34 – rasm.
S, Ri va
statik differensial parametrlar xuddi p–n –o‗tish bilan
boshqariladigan maydoniy tranzistorlardagi (3.14), (3.15) va (3.16) ifodalardan
mos ravishda aniqlanadi.
Xarakteristika tikligi va ichki qarshilik barcha turdagi maydoniy
tranzistorlardagi kabi qiymatlarga ega bo‗ladi. Kirish qarshiligi va elektrodlararo
sig‗imlarga kelsak, MDYa – tranzistorlar p-n o‗tish bilan boshqariladigan
maydoniy tranzistorlardagiga nisbatan yaxshi ko‗rsatkichlarga ega. R
ZI
kirish
qarshiligi bir necha darajaga yuqori bo‗lib 10
12
-10
15
Om ni tashkil etadi.
57
57
Elektrodlararo sig‗imlar qiymati S ZI , S SI lar uchun -10 pF dan, S ZS uchun -2 pF dan
ortmaydi. Bu ko‗rsatkichlar tranzistor inersiyasini belgilaydilar.