Microsoft Word Dialekt Majmua



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/87
tarix28.12.2021
ölçüsü0,69 Mb.
#48113
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
ozbek dialektologiyasi

Tayanch tushunchalar: 

        1. Lahja. 

        2. Shеva. 

        3. Dialеkt. 

        4. Transkriptsiya. 

        5. Translitеratsiya. 

        6. Qiyosiy-tariхiy mеtоd. 

         7. Substrat. 

         8. Bilingvizm. 

2-ma’ruza 

Mavzu: Transkripsiya 



12 

 

Reja: 

1. Transkripsiya haqida tushuncha  

 2. Transkripsiya turlari  

 3. O‘zbek shevalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan transkripsiyalar 

 

Transkripsiya  haqida  tushuncha.  Transkripsiya  so‘zi  lotincha  –  transcriptio 

so‘zidan olingan bo‘lib – qayta yozish degan ma’noni anglatadi. Umuman transkripsiya 

ilmiy  yozuv  bo‘lib,  biror  bir  tildagi  hamma  nozik  tovushlarni  hisobga  olgan  holda, 

ilmiy  maqsadlar  uchun  talaffuziga  ko‘ra  yozib  olish  ma’nosini  anglatadi.  Bundan 

tashqari  xalq  og‘zaki  ijodi  materiallari,  geografik  atamalarni  yozish,  musiqa  asboblari 

uchun birining boshqasiga moslab yozishda ham belgilar sistemasidan foydalaniladi.  

Shunday  qilib,  biror  narsaning  ilmiy  asosda  yozib  olinishiga  transkripsiya 

deyiladi. Bu holat transkripsiya atamasining keng ma’noda qo‘llanishiga misol bo‘ladi.  

Mazkur  atama  tor  ma’noda  ham  qo‘llaniladi.  Ya’ni,  faqat  lahja  va  shevalarning 

o‘ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini talaffuzga moslab yozib olish tushuniladi. Bunda 

u  yoki  bu  tilga  mansub  alfavitlardagi  belgilar  tizimi  yetarli  bo‘lmaydi.  Shunda  biror 

matnni  talaffuzga  moslab  yozib  olish  uchun  lotin  grafikasidagi  alfavitlar  bo‘lsin,  kirill 

alifbosidagi  harflar  tizimi  bo‘lsin  ularga  muayyan  o‘zgartishlar  kiritish  zarur  bo‘ladi. 

Bunda  mavjud  alifbodagi  harflar  ostiga  yoki  ustiga  ma’lum  belgilar  qo‘yish  lozim 

bo‘ladi.  Natijada  ilmiy  yozuvda  belgilar  soni  odatdagidan  ancha  ko‘p  bo‘ladi.  Shu 

tariqa ilmiy yozuv – transkripsiya shakllanadi.  

O‘zbek  tili  va  shevalarini  yozib  olish  uchun  ko‘pgina  olimlar  transkripsiyalar 

ishlab  chiqqanlar.  Jumladan,  G‘ozi  Olim  Yunusov,  Baskakov,  Reshetov  kabilarning 

tuzgan  transkripsiyalari  boshqalariga  nisbatan  mukammal  sanaladi.  Bundan  tashqari 

Xalqaro  transkripsiya  (XT)  ham  mavjud  bo‘lib,  ularni  dunyoda  barcha  tillarga  moslab 

yozish  uchun  foydalanish  ko‘zda  tutilgan.  Shunday  qilib  transkripsiyalarning  fonetik 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin