Microsoft Word Dialekt Majmua



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/87
tarix28.12.2021
ölçüsü0,69 Mb.
#48113
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
ozbek dialektologiyasi

Dialektal lug‘at tiplari. 

Hozirgacha  o‘zbek  dialektal  leksikografiyasida  dialektal  lug‘atning  faqat  sheva 

va  dialektlarga  oid  so‘zlarni  tanlab  olib,  u  so‘zlarni  adabiy  tilda  izohlab  beruvchi 

dialektal  adabiy  tipdagi  differensial  lug‘atlargina  bor.  Dialektal  lug‘atlarning  boshqa 

tiplari  bo‘yicha  o‘zbek  dialektologiyasida  umuman  turkiy  tillarda  ham  lug‘atlar 

tuzilmagan.  

Qozoq regional leksikografiyasini boshqa turkiy tillardagi va rus tilidagi dialektal 

lug‘atlar  bilan  qiyosan  o‘rganib  tadqiq  etgan  Sh.  Sariboyev  dialektal  lug‘atning  to‘liq, 

dialektal-adabiy,  adabiy  dialektal  va  fonetik  dialektizmlar  kabi  tiplari  borligini  qayd 

qilgan. 


1.To‘liq dialektal lug‘at. Ma’lumki, sheva va dialekt vakillari nutqida o‘sha sheva 

dialektlarga xos so‘zlardan tashqari boshqa shevalarda adabiy tilda qo‘llanayotgan juda 

ko‘p  so‘zlar  bor.  Mana  shu  sheva  yoki  shevalar  guruhida  mavjud  bo‘lgan  barcha 

so‘zlarni  –  leksik  boyliklarni  qamrab  olgan  lug‘atga  to‘liq  dialektal  lug‘at  deyiladi. 

Dialektal lug‘at to‘g‘risida prof. A. G‘ulomov shunday degan “Sheva leksikasini butun 

bir  sistema  sifatida  qamrab  olish  yoppasiga  tasvirlash  boshqa  lug‘atlarning  vazifasini 

ham o‘z ustiga olish bo‘ladi,” – degan. 

Bu  fikrlar  to‘g‘ridir.  Chunki  shevalar  lug‘ati  boshqa  lug‘atlarni  takrorlamasligi 

kerak.  

2.  Dialektal-adabiy  lug‘at.  Yoqlangan  nomzodlik  va  doktorlik  ishlarida  berilgan 

lug‘atlar  hamda  ilmiy  to‘plamlarda  berilgan  lug‘atlar,  o‘zbek  xalq  shevalari  lug‘atlari 

dialektal -adabiy lug‘atlardir. 

Turkiy  tillar  shevalari  bo‘yicha  differensial,  dialektal-adabiy  lug‘atlar  tipidagi 

lug‘atni birinchi bo‘lib 1964  yilda Ozarbayjon dialektologlari tuzganlar. 1967  va  1970 

yillarda boshqird shevalarining 2 jildli, 1969 yilda tatar, qozoq, 1971 yilda o‘zbek, 1972 

yilda qirg‘iz shevalarining bir tomlik lug‘atlari tuzilgan. 1977 yilda turkman, 1976 yilda 

yoqut, 1983 yilda qoraqalpoq dialektal lug‘atlari nashr qilindi.  

3. Adabiy -dialektal  lug‘at.  Bu  xil  lug‘atda bosh so‘z qilib adabiy tildagi so‘zlar 

olinadi va shu so‘zlarning shevalarda uchraydigan barcha variantlari, dubletlari beriladi. 

M-n:  ombir-атавыз  (shim.  Xorazm)-atag‘z-(jan.Xorazm),  kampirovuz  (Mastchog‘) 

kabi. 

4.  Fonetik  dialektizmlar  lug‘ati.  Bu  xildagi  dialektal  lug‘atda  bosh  so‘z  sifatida 



adabiy  tildagi  so‘z  olinib  keyin  uning  shevalardagi  fonetik  variantlari  beriladi.  Agar 

shevalardagi  fonetik  dialektizmlar  qatori  adabiy  tilda  uchramasa,  shevadagi  so‘zlardan 

biri bosh so‘z sifatida olinib so‘ngra fonetik dialektizmlar keltiriladi.  

Shevalar  bo‘yicha  tuzilgan  dialektal  lug‘atlarda  bosh  so‘zlarning  har  xil 

manbalarga qiyoslanishi va qiyoslanmasligiga ko‘ra 2 guruhga ajratish mumkin.  

1. 


Shevalarning sof dialektal-adabiy lug‘atlari 

2. 


Shevalarning qiyosiy dialektal-adabiy lug‘atlari 

Sof  dialektal-adabiy  lug‘atlarda  bosh  so‘zlar  hech  qanday  manbalarga 

qiyoslanmaydi.  



29 

 

Qiyosiy  dialektal-adabiy  lug‘atlarda  qiyoslash  ishi  quyidagi  yo‘sinda  amalgam 



oshirilgan:  

Bosh  so‘zlar  turkiy  yozma  yodgorliklar  tiliga  hamda  boshqa  turkiy  tillarga 

qiyoslangan. 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin