1. Turkiston adonisi (gulizardak, sariqgul) — Adonis turkes- tanica Adolf. O'rta Osiyo respu-
blikalarining tog'li tumanlarida, tog'larning yumshoq tuproqli qiyalarida, ba'zan archazorlarda
o'sadi.
Turkiston adonisi ko'p yillik, bo'yi 30-80 sm gacha yeta- digan o't o'simlik. Poyasi bir nechta,
shoxlanmagan yoki kam shoxli bo'ladi. Bargi lansetsimon, o'tkir uchli, 1-2 bo'lakchaga ikki mar-
ta patsimon ajralgan bo'lib, poyada bandsiz ketma-ket joylashgan. Gullari sariq rangli, yakka-
yakka holda, poya uchiga o'rnashgan. Mevasi — ko'p yong'oqchali to'p meva.
O'simlikning hamma qismi zaharli.
Mahsulot bahorgi adonisga o'xshash tayyorlanadi.
O'simlikning yer ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari (simarin, A-strofantin-p , adonidin
va boshqalar), flavonoidlar, saponinlar bor. Bu o'simlikning farmakologik ta'siri Toshkent tib-
biyot akademiyasining Farmakologiya kafedrasida o'rganildi va 70 LED ta'sirga ega ekani
aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: |