Mavzu: Yurak glikozidlari saqlaydigan dorivor o’simliklar va mahsulotlar



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/61
tarix29.12.2021
ölçüsü1 Mb.
#48402
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
tarkibida yurak glikozidlari saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar va tarkibida saponinlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

wolgensis  Stev.  aralashib  ket-  masligi  kerak.  Volga  adonisi  bahorgi  adonisdan  kichikligi  hamda  barg 

bo'lakchalarining  ingichka  lansetsimon  va tuklari  bo'lishi  bilan  farq  qiladi. 



Mahsulotning  mikroskopik  tuzilishi.  Ishqor  eritmasi  bilan  yori-  tilgan  bargning  tashqi  tuzilishi 

hamda  yumshatilgan  poyadan  shilib  olingan  epidermis  mikroskopda  ko'riladi  (42- rasm). 

 



 

Bargning  har  ikkala  tomonidagi  epidermis  hujayralari  chuqur  egri-bugri  devorli,  kalta  va 

keng.  Ustitsalar  faqat  pastki  epidermisga  joylashgan.  Barg  bo'lakchalari  uchining  yuqori 

tomonida  suv  bug'lanishi  uchun  xizmat  qiluvchi  bitta  yirik  ustitsasi  bo'ladi.  Bargda  kristallar 

bo'lmaydi.  Poya  epidermisining  hujayrasi  cho'ziq,  to'rtburchakli  bo'lib,  qat-qat  ko'rinishdagi 

kutikula  bilan  qo-  plangan.  Barg  epidermisida  tuklar  siyrak  joylashgan.  Tuklar  bir  hujayrali,  hu-

jayra  po'sti  yupqa  bo'lib,  2  хй  tuzilishga  ega:  uzun,  ingichka,  to'mtoq  uchli  hamda  kalta, 

pufaksimon,  qopsimon  yoki  to'g'nog'ichsimon  ko'rinishda  bo'ladi.  Bu  xildagi  tuklarni  poya  epi-

dermisida  ham  ko'rish  mumkin. 

Kimyoviy  tarkibi.  O'simlikning  yer  ustki  qismi  tarkibida  yurak  glikozidlari  va  flavonoidlar 

bo'ladi.  Mahsulotdan  simarin  (gidro-  lizlanganda  simaroza  qandiga  va  strofantidin  aglikoniga 

parchalana-  di),  adonitoksin  (gidrolizlanganda  ramnoza  qandiga  va  adonitok-  sigenin  aglikoniga 

parchalanadi),  strofantidindigitalozid,  dez-  glukoxeyrotoksin  va  boshqa  yurak  glikozidlari 

hamda  adoniver-  nit,  oriyentinksilopiranozid  flavon  glikozidlari  ajratib  olingan. 

 

XI  DF  ga  ko'ra  1  g  mahsulotning  biologik  faoilligi  50-66  LED  yoki  6,3—8  KED  bo'lishi 



kerak. • 

Ishlatilishi.  Adonis  o'simligining  preparatlari  yurak  kasalliklarini  davolashda  ishlatiladi.  Ado-

nis  preparatlari  kumulativ  xossaga  ega  bo'lmagani  sababli  surunkali  yurak  porogini  davolashda 

doim  ishlatish  mumkin  (angishvonagul  o'simligidan  farqi). 


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin