21
chunki u o’z pul mablag’lari bilan, ishlab chiqaruvchi
tomonidan chiqarilgan tovarlarga "ha" yoki "yo’q" deya
ovoz beradi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda
iste’mol xarajatlari YaMMning 3/4 qismini tashkil etadi.
Bu esa iste’molchilar hatti - harakati iqtisodiy
rivojlanishni ta’min etishda eng muhim omil bo’lib
hisoblanishidan darak beradi.
Odatda istemolchi hatti - harakati quyidagilar bilan
izohlanadi:
Foydali, oqilona hatti - harakat, ya ni o’z daromadidan
ko’radigan navflilikni oshirish.
Iste’molchining tovar afzalligini aj ratishida o’rtacha
tipdagi iste’ mol bozoridagi taklif etiladigan tovarlar va
xizmatlarga nisbatan aniq - ravshan fikrga ega bo’ladi
deb, hisoblashimi z mumkin. Biz faraz qilamizki,
haridorlar harid qilishi mumkin bo’lgan har bir keyingi
birlik mahsulotdan pirovard natijada qanday foyda
ko’rishlarini aniq tasavvur qiladil ar.
Byudjetdagi (oila daromadidagi) ch eklanish.
Narxlar. Tovarlarni i shlab chiqari sh iqtisodiy resurslar
sarfini talab etadi va shuning uchun ular ma’lum narxga
ega bo’ladi. Daromadi cheklangan haridor cheklangan
miqdorda tovar harid qiladi. Shuning uchun m uqobil
mahsulotlar orasidan o’z ehtiyojlarini maqbul tarzda
qondiradigan tovarlarni tanlab olish zaruri bo’ladi.
Iste’molchi xulqi chega raviy foydalilik va farqsizlik
egri chiziqlari nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
Chegaraviy foydalilik deyilganda, iste’mol qilishning
bir birlikka o’sishida tovar umumiy foydaliligining
o’sishi tushuniladi. Shu bilan bir qatorda iste’mol
22
qilinayotgan tovar miqdori o’sib borishi bilan, har bir
qo’shimcha tovar birligining chegaraviy foydaliligi
kamayib boradi.
Iste’molchi imkon darajasida, cheklangan
daromadlariga shunday tovarlar guruhini xarid qilishga
intiladiki, toki unga o’z ehtiyojlarini eng yuqori
darajada qondirish imkonini bersin.
Har bir farqsizlik egri chizig’i iste’molchi uchun bir
xil navflikka ega bo’lgan, mahsulotlarning har - xil
to’plamlarini grafik tarzda aks ettiradi.
S
15
10
5
0
5
10 15 §
Dostları ilə paylaş: