Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Ziyo shohichi, tag‘in senga noma’lum bir kishi. 
Oftob oyim bu kungi sovchilarning qutidorg‘a boshqacharoq o‘zgarish berganlarini 
payqadi va buni erining samimiyat ham oshiqishidan sezdi: 
— Kim uchun kelganlar? 
— Bundan o‘n besh kunlar ilgari biz bir toshkandlik savdogar yigitni mehmon qilg‘an 
edik, balki esingdadir? 
— Esimda bor, To‘ybekka maxtab kirgan yigit. 
— O‘lma, xotin, — dedi qutidor, — ana shu yigit uchun kelganlar. 
Bu so‘zdan Oftob oyim bezong‘lab tushti va eriga qarshi rizosizlik vaziyatini oldi: 
— Musofir-ku? 
Oftob oyimning bu so‘zi bilan qutidor bosh qashib oldi va umidsiz bir tovushda: 
— Men ham shunisiga hayron bo‘lib qoldim, — dedi.— Yo‘qsa o‘zi ayni biz qidirg‘an, 
har to‘g‘rida ham yetuk bir yigit edi. 
Oftob oyim boshqa xotinlarimizdek erining ra’yi va xohishini, umuman butun shaxsini 
ehtirom qilg‘uchi bir xotindir. Shuning uchun erining hozirg‘i ra’yini garchi o‘z tilagiga 
bus-butun zid topsa ham yolg‘iz «musofirlik» masalasi bilangina gapka xotima bermay, 
boshqa taraf-lardan ham kamchiliklar topib asoslik suratda qutidor-ning Otabekka 
tomon haroratlanayozg‘an yuragiga sovuq suv sepmakchi bo‘ldi: 
— O‘zi qanday kishining o‘g‘li, otasi sizga tanishmi? 
Oftob oyimning bu savoli o‘zi uchun zararlik bo‘lib chiqdi. Chunki qutidor, Yusufbek 
hojining qanday kishi bo‘lg‘anlig‘ini, bu kunda qaysi ishda ekanligini va o‘ziga bo‘lg‘an 
munosabatini mayda-chuyda tafsilotlari bilan so‘zlab  chiqib, so‘zi  oxirida:  «Yigitning 
naslini ayb-sitib bo‘lmaydir, to‘g‘risiga ko‘chkanda bu yigit naslan bizdan allaqancha 
yuqorida turadir», deb qo‘ydi. 
Oftob oyim endi ikkinchi turlik yo‘l bilan ketdi: 
— Uylanganmi, yo‘qmi? 
— Uylanmagan. Buni qaysidir bir majlisda uning qu-lidan eshitkan edim. 
— Yoshi nechalarda bor? 
— Ko‘b bo‘lsa yigirma besh yoshlarda bo‘lur, bo‘lmasa yigirma ikki-yigirma uchlardan 
oshqan emas. 
— Nima majburiyatda bizga kuyav bo‘lmoqchi, Toshkanddan qiz topilmag‘anmi? 
— Topilsa ham yoqtirmas ekan, — dedi qutidor va o‘ngg‘aysiz holatda voqi’ani 
shipshitib chiqdi. Masalaning bu yanglig‘ boshlanishiga va buning ustiga erining 
moyillanishiga Oftob oyim nima deyishni bilmay qoldi. Tuzik, erining maylini anchagina 
dalil va sabablarga suyanib bo‘lgan bir mayl ekanini onglag‘an, kuyav bo‘ladirg‘an yigitni 
o‘zlarig‘a o‘g‘ulliqqa loyiq bir kimsa ekanini ham yaxshi tushungan edi, ammo hozir bu 
gaplardan ham ilgariroqda «musofirlik» masalasi turar; bir necha yillardan beri muvofiq 
kuyav izlay-izlay nihoyat Toshkandlik bir musofirga berish xo‘rlig‘i Oftob oyim uchun 
og‘ir edi. 
— Endi qanday kengash berasan, xotin? 
Oftob oyim o‘z fikrini ochiq aytishka yuraksina olmas, erining ko‘ngli olinishidan 
qo‘rqar, ammo — «musofir» masalasiga jonu dildan qarshi edi. 
— Siz muvofiq ko‘rgan bir ishqa qarshi tushib, ra’yingizni qaytaraolmayman, — dedi 
ko‘b o‘ylag‘andan keyin Oftob oyim, — chunki nima bo‘lg‘anda ham  siz-ning otaliq 
ismingiz bor, ham ko‘broq ixtiyor sizning qo‘lingizdadir. Men albatta ko‘zingizning oqu 
qorasi bo‘lg‘an yolg‘iz qizingizni yaramas, bo‘lmag‘ur kishiga tutib berarsiz, deb 
bilmayman. Bu jihat bilan bu ishka rizolig‘im bilinsa ham biroq qarshilig‘im shundadirki, 
kuyav toshkandlik bo‘lg‘andan so‘ng qizingizni o‘zi bilan birga olib ketar va siz bilan meni 
yolg‘iz bolamizdan ayirar... Bunga qolg‘anda sizni bilmasam-da, ammo mening bunday 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin