THE ROLE OF ENERGY IN THE LIFE AND DEVELOPMENT OF
SOCIETY AND ENERGY SAVINGS
Eshmamatov Shoxrux Qobiljon ugli
eshmamatovshoxrux3909@gmail.com
Togaymurodov San’at Zafar ugli
sanattogaymurodov2@gmail.com
Navoi State Mining Institute
Abstract: This thesis deals with the role of electricity in our society and
measures to save electricity.
Keywords: Energy, energy saving, society, technology, energy resources,
energy production, energy consumption, energy development, energy use, power
system, energy consumption.
“Energiya bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi u doim, bir turdan
ikkinchi turga o’zgarib turadi” Energiyaning oltin qoidasi
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda to’plangan
energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari,
undan maksimal samaradorlik olish maqsadida doimo takomillashib kelmoqda.
Energetika insoniyat hayotida doimo muhim rol o’ynaydi. Inson faoliyatining barcha
turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, inson o’zining
evolyutsion rivojlanishining boshida inson faqat o’z tanasi mushaklarining
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
81
energiyasidan foydalangan. Keyinchalik esa inson olov energiyasini olishni va undan
foydalanishni o’rgandi. Insoniyat jamiyati evolyutsion rivojlanishining navbatdagi
o’rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi va natijada birinchi suv
va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, o’z harakati uchun shamol kuchidan
foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bo’ldi. “XVIII asrda o’tin yoki ko’mirni
yoqish natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasini mexanik harakat energiyasiga
aylantiruvchi bug’ mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf
qilindi. Elektro dvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri
boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va
undan foydalanish usularini o’zlashtirish bo’yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish
asri bo’ldi”
1
. Ya`ni: juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr
stantsiyalar, yuqori va o’ta yuqori va ultra yuqori kuchlanishga ega bo’lgan elektr
energiyasini uzatuvchi liniyalar qurildi. Elektr energiyani ishlab chiqarish,
o’zgartirish va uzatishning yangi turlari ishlab chiqilmoqda. Katta quvvatli energiya
tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz ta`minoti
tizimlari paydo bo’lmoqda.
Shunday qilib bizni o’rab turgan dunyo turli ko’rinishdagi tuganmas energiya
manbalariga egadir. Hozirda ularning ba`zilaridan, ya`ni: quyosh energiyasi, yer va
oyning o’zaro ta`siri natijasida hosil bo’ladigan energiya, termoyadrosintezi
energiyasi, yer issiqligi energiyasidan to’laqonli foydalanilmayapti. Hozir inson
tamaddunining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol o’ynaydi. Mahsulot ishlab
chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy o’zaro bog’liklik mavjud. Insoniyat
hayotida energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot imkoniyatlarini
va aholi turmush darajasini aks ettiradi.
Afsuski inson tarafidan iste`mol qilinayotgan energiyani ko’p qismi, mavjud
bo’lgan energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi tufayli befoyda
issiqlikka aylanmoqda. Dunyoda bir yilda foydalaniladigan energiyaning tahminiy
taqsimoti 1.1 - jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldagi energiya qiymati, yoqilganda
mavjud energiyani beruvchi ko’mir miqdorining megatonnalardagi (Mt) o’lchamida
keltirilgan.
1.1-jadval
Dunyoda yillik energiya iste`moli
Energiya shakli
Miqdori, Mt
Manba
Insonlarni boqish va ish
hayvonlariga yem
650
Quyosh yorug’ligi (hozirda)
O’tinlar
150
Quyosh yorug’ligi
(o’tgan zamonda)
1
Xoshimov Foziljon Abidovich “Energiya tejamkorlik asoslari” voris-nashriyot Toshkent 2014
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
82
Gidroelektrstantsiyalar
100
Suv harakati
Ko’mir, neft, gaz, torf
6600
Quyosh yorug’ligi
(o’tgan zamonda)
“Shu bilan bir vaqtda insonlarni ozuqasi uchun har yili taxminan 400 Mt
energiya sarflanadi, shundan 40 Mtga yaqini foydali mehnatga aylanadi. Xo’jalik
zururatlariga 800 Mt, jamiyat ishlab-chiqarishiga esa 1000 Mt energiya sarflanadi.
Shunday qilib 7500 Mt ni tashkil etuvchi yillik energiya iste`molidan 2200 Mt
foydali ravishda, qolgani esa issiqlik ko’rinishida bekorga sarflanadi. Lekin hatto
2200/7500 Mt samaradorlik bilan ham insoniyat maqtana olmaydi, chunki yer yuziga
quyoshdan taralayotgan va yiliga 10000000 Mt ni tashkil etuvchi energiya bu yerda
hisobga olinmagan”
2
.
Biz energiyani zaruriy va bizga ishlash qobiliyatiga ega deb hisoblaymiz.
Jamiyatni energiya bilan ta`minlash quyidagilarga bo’linadi, ya`ni: imoratlarni isitish,
harakatni ta`minlash, bizga zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab-chiqarish, turli
mashina, mexanizm, asbob-uskunalarni ishlash qobilyatini ta`minlash, ovqat
tayyorlash, yoritish, hayot faoliyatini ta`minlash va boshqalar uchun zarurdir.
Energiyani qo’llashning bu misollarini quyidagi uchta katta guruhlarga bo’lish
mumkin:
1) Ozuqa energiyasi. U boshqa energiya turlariga nisbatan qimmatroqdir:
bug’doy Joulga qayta hisoblanganda, ko’mirdan ancha qimmat. Ozuqa tana haroratini
ushlab turish uchun issiqlik, uning harakati uchun, aqliy va jismoniy mehnatini
amalga oshirishi uchun energiya beradi;
2) Uylarni isitish va ovqat tayyorlash uchun issiqlik ko’rinishidagi energiya. U
turli iqlim sharoitlarida yashash va inson oziq ovqatini turlicha bo’lishi imkonini
beradi;
3) Jamiyat ishlab-chiqarishini yuritishini ta`minlaydigan energiya. Bu energiya
tovar va xizmat ko’rsatish, inson va yuklarni fazodagi shaxsiy harakati,
kommunikatsiyaning barcha tizimlarini ishlash qobiliyatini ushlab turishi uchun
kerak. Bu energiyaning aholi jon boshiga bo’lgan sarfi, ozuqaga sarf etiladigan
energiyadan sezilarli darajada yuqoridir.
Yevropaning turli davlatlarida energiyadan foydalanish va iste`mol qilishning
samaradorligi
XX asrda bizning sayyoramiz davlatlari iqtisodiyotining jadallik bilan
rivojlanishi, issiqlik energetika resurslarini yanada ko’p sarfini talab qildi. Yildan-
yilga neft, gaz va ko’mir qazib chiqarish o’sib bordi. Bir qaraganda ushbu manbalar
bitmas tuganmas bo’lib-ko’ringandek edi. 1973-1974 yillardagi energetika taqchilligi,
ko’p mamlakatlarni muqobil energiya manbalaridan foydalanish kerakligi to’g’risida
o’ylab ko’rishga va issiqlik energetika resurslaridan tejab-tergab foydalanishga
2
Xoshimov Foziljon Abidovich “Energiya tejamkorlik asoslari” voris-nashriyot Toshkent 2014
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
83
majbur qildi, bu esa ko’p davlatlarni o’z-o’zini energiya resurslari bilan ta`minlash
darajasini oshirdi(1.2-jadval). Lekin, hozirda barcha yevropa davlatlari uchun
energetika muammosi dolzarb bo’lib qolmoqda, chunki yevropaning ayrim
davlatlarida o’z resurslari bilan ta`minlash darajasi 20-50 % ni tashkil etadi.
1.2. – jadval
Ba`zi davlatlarda o’z-o’zini energiya resurslari bilan ta`minlash dinamikasi 2007-
yilgacha % larda
Davlat
2002
2003
2004
2005
2006
2007
Belgiya
8
14
28
23
20
22
Daniya
0
1
25
50
59
57
Frantsiya
14
21
44
44
45
44
Germaniya
53
49
55
55
45
44
Buyuk Britaniya
48
94
-
97
96
95
Fenlyandiya
16
27
37
37,2
44,1
41,6
Shvetsiya
21
33
55,2
61,8
62,6
64,4
Shveytsariya
21
32
38
39
40
39
Energiya tejamkorligi O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining birinchi va
barcha xo’jalik sub`ektlari faoliyatida ahamiyatli yo’nalish bo’lib kelmoqda.
Energiya tejamkorligining uchta asosiy yo’nalishlari mavjud.
1. Yoqilg’i va energiyadan oqilona foydalanish bo’yicha kam sarfli tadbirlar, bu
elektr iste`molini 10-12 % ga qisqartirish imkonini beradi.
2. Katta kapital mablag’lari talab qiladigan tadbirlarni tatbiq etish: energiya
tejovchi texnologiyalar, jarayonlar, apparatlar va jihozlar. Bu energiyaga bo’lgan
talabni 25-30% ga kamaytirishga olib keladi.
3. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda ko’p energiya sarf qilmaydigan soha
ulushini oshirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish.
2017 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr
energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov
intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Energiya tejamlash siyosatining umumiy yo’nalishlari va ustunliklari
Chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig’imdorligini pasaytirish maqsadida
Respublikada energiya tejamlash doirasida davlat siyosatini o’tkazish uchun asos
hisoblangan energiya tejamlashning ustuvor yo’nalishlari ishlab chiqilmoqda.
Energiya tejamlash sohasida ustuvor yo’nalishlarga quyidagilar kiradi:
Tashkiliy – iqtisodiy yo’nalishlar:
1. Noan`anaviy va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risidagi
qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish;
2. Yoqilg’i-energetika resurslarini ishlab chiqish va foydalanish doirasida
me`yoriy huquqiy bazani takomillashtirish;
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
84
3. Davlat sektorida energiya tejamlashni moliyalashning yangi bozor
mexanizimlarini rivojlantirish;
3
.
Texnik yo’nalishlar:
1. Iqtosodiyotning barcha sohalarida mahsulot ishlab-chiqarishning yangi
energo samarador texnologik jarayonlarini tatbiq etish;
2. Elektr
generatsiya
qiluvchi
manbalarning
modernizatsiyalash.
Qozonxonalarda elektr generatsiya qiluvchi jihozlarni harakatga keltirish, mini (mitti)
IEM yaratish;
3. Yuqori va o’rta haroratli ikkilamchi issiqlik resurslarini issiqlik ta`minoti
sxemalarida ishlatib, maqsadga muvofiq iqtisodiy samara olishni amalga oshirish;
4
.
Xulosa qilib shuni aytsak,biz ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan oqilona
va samaralik foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo’lar ekan,sababi elektr energiyasi
bizga yetib kelguncha qanchadan-qancha insonlar qiyinchilik bilan boshqa turdagi
energiyalarni bizga elektr energiyasiga aylantirib berishar ekan.
Dostları ilə paylaş: |