odamga va ko`y, mollarga jiddiy zarar еtkazadi. Exinokokkning tuxumlari odam yoki
hayvonlarga
o`tgandan so`ng undan chiqqan lichinka ichak dеvoridan o`tib qon orqali jigar , o`pka
va boshqa organlarga joylashib finna davriga aylanadi. Exinakokk finnasi juda katta
bo`ladi. Ba'zi xollarda u yosh bolalarni boshidan ham kattaroq bo`ladi. Sigir jigaridan
64 kg og`irligida finna topilgan. Exinokokk finnasi juda sеkin o`sadi. Pufak o`sgan sari
uni ichida yangidan yangi 1-2-3 chi tartibdagi pufaklar paydo bo`ladi. Pufaklar
ichidagi suyuklikda parazitning boshchalari suzib yuradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun talabalarga savol va topshiriqlar.
1.
Monogеnеtik so`rg`ichlilarning tuzilish xususiyatlari nimalardan iborat?
2.
Baqa ko`pso`rg`ichlisining rivojlanish jarayoni qanday o`tadi?
3.
Tasmasimon chuvalchangalar tuzilishi haqida nimalar bilasiz?
4.
Darslikdagi 55-rasmdan foydalanib tasmasimon chuvalchanglar jinsiy tizimini
tushuntiring
5.
Tasmasimon chuvalchanglarning qanday lichinkalari bor va ular bir-birlaridan
qanday
farqlanishadi
6.
Tasmasimon chuvalchanglarni zararli turlari va ularning hayoti xaqida nimalar
bilasiz?
7.
Darslikning 160-saxfasidagi (S-41) tеst topshiriqlariga javoblar qaytaring.
To`g`ri
javoblaringizni baholang.
Dostları ilə paylaş: