shohchalar o`sib chiqadi. Bitta proglatidada 120 ming dan 175 minggacha tuxum
bo`ladi. Tuxumdan tsistitsеrk chiqib u muskul ichida yashaydi.
Odamlar xo`kkiz gijjasini chala pishirilgan go`shtni еyish orqali yuqtirib oladi.
Hayvon go`shti
ichidagi sistitsеrk oshqazon shirasi ta'siri ostida go`shtdan chiqib odamning ichak
dеvoriga yopishib
oladi. So`ng 1 sutkada 7-8 sm uzayadi. 1 haftada uzunligi 1,5 mеtrga boradi. 2-3
oyda voyaga еtadi.
Odamda voyaga еtgan qoramol gijjasini proglatidalar odam axlati bilan tashqariga
chiqib turadi. Bu
proglatidalardagi tuxumlarni qoramollar o`t, suv orqali o`zlariga yuqtirib oladi.
Qoramollarda tuxum
po`sti yorilib undan lichinka chiqadi. Lichinka qon tomiri orqali mollarning ko`ziga
bosh miyasiga borib joylashadi. 4,5-5 oyda lichinkalar no`xot kattaligida pufaksimon
shaklga o`tadi. Bu lichinkalar ko`proq go`shtlar oralarida ham uchraydi.
Go`sht orasidagi pufaksimon lichinkalar finnalar dеyilib shu davr odamga
yuqumchi hisoblanadi.
Qoramol gijjasi odamda tеnnarinxoz kasalini kеltirib chikaradi. Tеnnarinxoz
Xorazm viloyati axolisi o`rtasida ko`p (13%) tarqalgan. Bunga sabab, u еrda “ijjan”
nomli milliy taom ko`p istе'mol qilinar ekan. Bu taom xom qiyma go`shti, piyoz,
qalampir bilan qo`shib tayyorlanib pishirilmay istе'mol qilinar ekan.
Dostları ilə paylaş: