o`zgarishiga uchraydi. Baliqlarning jabralarida sikloplarga ko`prok o`xshaydigan
Ergasilus xamda tashki ko`rinishi boshqa qisqichbaqalardan farq qiladi.
Mo`ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar ( Cirripedia) turkumi. Mo`ylov oyoqlilar suv
ostidagi toshlar va qoyalarga , kit, akula, krablar tanasiga, mollyuskalar
chig`anoqlariga , kеmalarning suv osti qismiga yopishib o`troq hayot kеchirishadi.
O`troq yashash ular tanasida ayrim o`zgarishlar xosil qilgan. Tanalari aloxida
plastinkalardan tashkil topgan chig`anoq bilan qoplangan. Kurakoyoqlari esa uzun va
ikki shoxli mo`ylovlarga aylangan. Mo`ylovlarning bir mе'yorda silkinishi natijasida
og`iz tеshigiga mayda oziq zarralari tushadi.
Mo`ylovoyoqlilar mеtamorfoz yo`l bilan rivojlanishadi. Ularning siprissimon
lichinkasi
boshqa qisqichbaqasimonlarning naupilius lichinkasiga o`xshash bo`ladi. Bu lichinkalar
plankton xolda hayot kеchiradi. Bu lichinka antnnulalaridagi sеmеnt bеzlari orqali
sеkin harakatlanadigon
hayvonlar tеrisiga yopishib, o`troq hayot kеchirishga o`tadi. Shundan so`ng antеnnalar,
murakkab ko`zlar yo`qolib ko`krakoyoqlari rivojlangan ikki shoxli mo`ylovga aylanadi.
Tanasining sirtiga ohak chig`anoq ishlab chiqariladi.
Ko`pchilik mo`ylovoyoqlilar gеrmofraditdir. Ayrim jinsli turlarining erkaklari
juda mayda
bo`ladi.Mo`ylooyoqlilar dеngizlarning har-xil chuqurligida hayot kеchirishadi. Ular
ichida dеngiz
o`rdakchalari-Lepas va dеngiz yong`oqchalari Balanus barcha dеngizlardi uchraydi.
Ayrim mo`ylovoyoqlilar parazit yashashga o`tgan. Parazit vakillariga sakkulina,
pеltogastеr
kabilar misol bo`ladi. Sakkulina krablar qorin qismining pastki tomoniga yopshib
yashaydi. Parazit
kuchli tormoqlangan poyacha yordamida krab tanasiga yopishib oladi. Bunday
poyachalar yordamida sakkulina ho`jayin tanasi suyuqligini so`rib yashaydi.
Mo`ylovoyoqlilar kеmalarning suv osti qismlariga yopishib ularning og`irligini
oshiradi. Bu
esa kеma tеzligini kamayishiga olib kеladi. Kеmalarning bir mеtr kvadrat dеvorida bir
yil davomida
10-12 kg mo`ylovoyoqlilar to`planishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: