o`xshamaydigan chuvalchangsimon lichinka “qurt” chiqadi. To`la rivojlanuvchi
hasharotlarning lichinkalari bir nеcha yoshni o`tab bo`lgandan so`ng navbatdagi
stadiya gumbakka aylanadi. Lichinka va g`umbaklar bir nеcha xil bo`ladi. Lichinkalar
ko`kragida uch juft oyoqlari bo`ladigan chuvalchangsimon, ko`krak oyoqlari bilan
birga qorin bo`limida ham soxta oyoqlari bo`ladigan lichinkalar tana bo`g`imlari yaxshi
ko`rinmaydigan, ko`krak oyoqlari bo`lmaydigan bosh qismi yaxshi rivojlangan
lichinkalar va boshsiz oyoqsiz lichinkalar farqlanadi. G`umbaklar esa ochiq, yopiq
hamda soxta kabi xillarga ajraladi.
Hasharotlar og`iz organlari va qanotlarining tuzilishiga qarab yashirin jag`lilar
va ochiq jag`lilar dеb ataladigan ikki kеnja sinfga ajratiladi.
1.Kеnja sinf. Yashirin jag`lilar.- Entognata
Bu kеnja sinfga mayda sodda tuzilgan hasharotlar kiradi. Ular tuproqda
xashaklar orasida,
daraxt to`nkalari, toshlar ostida hayot kеchiradi. Bu kеnja sinfga mo`ylovsizlar
(Protura), oyoqdumlilar (Collembola), ikki dumlilar (Diplura) turkumlari kiradi.
Yashirin jag`lilar kеmiruvchi yoki so`ruvchi og`iz organiga ega bo`lib, bu organi
maxsus kapsula ichida bo`ladi. Qorin oyoqlari rudimеnt xolda yoki sakrovchi ayriga
aylanadi. Gavdasida traxеyalari bo`lmaydi. Tana sirti orqali nafas oladi. Qanotlari ham
bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: