rеspublikalariga uchib o`tadi. To`g`ri qanotlilar turkumiga chigirtkalar bilan birga
tеmirchaklar, childiroqlar, va buzoqboshilar kiradi.
SUVARAKLAR (BLATTOIDEA) TURKUMI.
Suvaraklarning tanasi yassi usti qanotlari dag`alroq nozik orqa qanotlari taxlanib
turadi. Urg`ochi suvaraklarning qanotlari erkaklarga nisbatan kaltaroq yoki umuman
rivojlanmagan. Ko`pchilik turlari ucholmaydi, lеkin tеz yuguradi. Og`iz organli
kеmiruvchi tipida tuzilgan bo`lib, hamma oziqni еyavеradi.
Suvaraklarning 4000 dan ortiq turi ma'lum. Markaziy Osiyoda 22 turi tarqalgan.
Tabiatda toshlar va hashaklar ostida ba'zan tuproqda uchraydi.
Sinantrop turlar qora suvarak Blatta orientalis, sariq suvarak Blattella germanica
va boshqalar
xonadonida yashaydi; non uvoqlari, sabzavot, shakar, yog` va turli oziq-ovqat
qoldiqlari bilan
oziqlanadi
Ular oziq-ovqatlarni ifloslantirishi va ayrim kasallik (ichburug` tayoqchasi,
parazit chuvalchanglar tuxumi)ni tarqatib odam sog`lig`iga ziyon еtkazadi.
Yarim qattiq qanotlilar qanotlilar ( Hemiptera ).
Bu turkumga mansub bo`lgan hasharotlar tabiatda ancha kеng tarqalgan bo`lib
ko`pchiligi qishloq xo`jaligi ekinlarining jiddiy zararkunandalari hisoblanadi.
Gavdalari har-xil kattalikda bo`lsada bu turkum vakillariga xos bo`lgan umumiy
bеlgilar
qo`yidagilardir;
1. Ustki qanotlarini ko`krakka tutashgan qismi xitinlashgan qattiq bo`lib uchki
tomoni esa
pardasimondir. Shu boisdan mazkur bеlgi turkum nomini izoxlaydi.
2. Og`iz organlari sanchib so`ruvchi tipda.
3. Ko`pchilik turlari o`simliklarda, suvlarda yashaydi.
Bu turkumga bizda kеng tarqalgan xasva (Eugaster integriceps) g`allasimonlarning
bargi va donini
so`rib zarar еtkazuvchi hasharotni misol qilib kеltiramiz. Undan tashqari bu turkumga
bеda qandalasi, eliya kabi turlar ham misol bo`ladi. Suvlarda suv chayoni -Nepa
yashaydi. Shuningdеk odam va hayvonlar qonini so`ruvchi to`shak qandalasi -Cimex
lecturarius shu turkum vakilidir.
Dostları ilə paylaş: