Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘G‘risida


-bob. Umumta’lim muassasalari xodimlariga belgilanadigan ustamalar va



Yüklə 134,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix31.12.2021
ölçüsü134,23 Kb.
#49494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
823-сонли қарор охиригиси

7-bob. Umumta’lim muassasalari xodimlariga belgilanadigan ustamalar va

rag‘batlantirishning boshqa turlari 

Oldingi

 tahrirga qarang.

25. Umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash

dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga o‘quvchilarni  tayyorlab borish ishlariga munosib hissa

qo‘shgan   pedagog   xodimlarga   mazkur   Nizomning  

21-bandida  

ko‘rsatilgan   ustamalar   o‘rniga

bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz bo‘lgan ustama haq to‘lanadi. 

Har  oylik   bazaviy   tarif   stavkalariga   nisbatan   100  foizlik   ustama   haq   olishga   da’vogar

pedagog xodimlar ro‘yxati Ishchi guruhning qarori asosida xalqaro baholash tadqiqotlari turkumiga

kiruvchi fanlar doirasida shakllantiriladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman

(shahar) xalq ta’limi bo‘limiga har yili 1-martga qadar taqdim etiladi. 

100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan

fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat

materiallari asosida o‘tkaziladigan sinovlar natijalariga ko‘ra aniqlanadi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh

boshqarmasi   va   viloyatlar   xalq   ta’limi   boshqarmalarining   tashqi   monitoring   natijalariga   ko‘ra,

o‘quvchilar   o‘rtacha   80   foizdan   kam   bo‘lmagan   ko‘rsatkichga   ega   bo‘lganda,   Ishchi   guruh

tomonidan o‘qituvchiga yangi o‘quv yilidan boshlab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100

foiz ustama haq belgilanadi.

(25-band   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2020-yil   31-dekabrdagi   831-sonli

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)

Oldingi

 tahrirga qarang.

25

1



.   Xalqaro   baholash   dasturlari   integratsiya   qilingan   nazorat   materiallari   Vazirlar

Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini

baholash   bo‘yicha   xalqaro   tadqiqotlarni   amalga   oshirish   milliy   markazi   bilan   hamkorlikda

Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. 

Respublika   ta’lim   markazi   tomonidan   tayyorlangan   nazorat   materiallari   asosida

Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi,   Toshkent   shahar   xalq   ta’limi   bosh

boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan 100 foizlik ustama haq olishga

da’vogar   pedagog   xodimlarning   mashg‘ulot   olib   boradigan   fanlari   bo‘yicha   o‘quvchilarining

bilimlari tashqi monitoring tarzida o‘quv yili yakuniga qadar baholanadi hamda 100 foizlik ustama

haq olish huquqini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “A’lo

darajali” pedagoglar deb yuritiladi. 

Da’vogar o‘qituvchi dars mashg‘ulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi tuman (shahar)

xalq ta’limi bo‘limlarining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishi shart.

(25

1

-band  O‘zbekiston  Respublikasi   Vazirlar  Mahkamasining  2020-yil   31-dekabrdagi   831-sonli

qaroriga 

asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-

son)

Oldingi

 tahrirga qarang.



26. Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo

integratsiyani   kuchaytirish,   ta’lim   va   tarbiya   jarayonini   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar

asosida   tashkil   etish,   STEAM   yondashuvini   samarali   tatbiq   etish,   ta’lim   jarayonida   pedagog

xodimlarga  o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik  mahoratini

hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning  

4-

bandida  



belgilangan   o‘qituvchilar   umumiy   sonining   50   foizidan   tashqari)   umumta’lim

muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga

10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.


Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin