Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘G‘risida



Yüklə 134,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix31.12.2021
ölçüsü134,23 Kb.
#49494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
823-сонли қарор охиригиси



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINING O‘RNAK KO‘RSATGAN

XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH

TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Yoshlarni   ma’naviy-axloqiy   va   jismoniy

barkamol   etib   tarbiyalash,   ularga   ta’lim-tarbiya   berish   tizimini   sifat   jihatidan   yangi   bosqichga

ko‘tarish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   2018-yil   14-avgustdagi   PQ-3907-son  

qarori

  ijrosini



ta’minlash, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining ijtimoiy mavqeyi va nufuzini oshirish

maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi,   Bandlik   va   mehnat   munosabatlari

vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini

nazorat   qilish   davlat   inspeksiyasining   Umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarining   o‘rnak   ko‘rsatgan

xodimlarini   rag‘batlantirish   direktor   jamg‘armasi   mablag‘lari   hisobidan   umumta’lim

muassasalarining   o‘rnak   ko‘rsatgan   xodimlari   faoliyatining   natijadorligi   asosida   ularni

rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarining   o‘rnak   ko‘rsatgan   xodimlarini

rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi

to‘g‘risidagi nizom 

1-ilovaga

 muvofiq tasdiqlansin.

Oldingi

 tahrirga qarang.

2

1



. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Davlat test markazi yakunlangan o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy

ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari ro‘yxatini

har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etib borsin.



(2

1

-band   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2020-yil   31-dekabrdagi   831-sonli

qaroriga 

asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-

son)

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 

2-ilovaga

 muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini

yo‘qotgan deb hisoblansin. 

4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan

birgalikda   o‘zlari   qabul   qilgan   normativ-huquqiy   hujjatlarni   bir   oy   muddatda   ushbu   qarorga

muvofiqlashtirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining

ijtimoiy   rivojlantirish   masalalari   bo‘yicha   o‘rinbosari   A.A.   Abduhakimov   va   O‘zbekiston

Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 


Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin