3-bob. Jamg‘armani shakllantirish tartibi
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan
budjet mablag‘lari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
6. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi. Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan
foizlardagi miqdori navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi
qonuni qabul qilinganidan so‘ng umumta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan yetkaziladi.
Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan miqdori Respublikaning barcha
umumta’lim muassasalari bo‘yicha yagona hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
7. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ustamalar hamda boshqa turdagi rag‘batlantirish bilan
bog‘liq to‘lovlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan xodimlarga ish haqi to‘lash uchun
mablag‘larni moliyalashtirish bilan bir vaqtda moliyalashtiradi.
8. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tayinlangan ustamalar, moddiy yordam va mukofotlar
summasi umumta’lim muassasasining mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi. Jamg‘arma hisobidan
olingan daromadlarga qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinadi.
Dostları ilə paylaş: |