ustama belgilash
20. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik
ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari
ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va
o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda
tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi
darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati
uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.
21. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari
bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz;
71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz;
76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz;
81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz;
86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz;
91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz;
96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz.
Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma
hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha
belgilanadi.
22. Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy
ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball to‘plasa — 10 foiz;
76 — 85-ball to‘plasa — 15 foiz;
86 — 100 ball to‘plasa — 20 foiz;
Umumta’lim muassasalari kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma
hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha
belgilanadi.
23. Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy
ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball to‘plasa — 10 foiz;
76 — 85-ball to‘plasa — 15 foiz;
86 — 100 ball to‘plasa — 20 foiz;
Umumta’lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma
hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha
belgilanadi.
24. Umumta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega
ekanligidan qat’iy nazar, mazkur Nizomga ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida
baholanadi va ko‘rsatkichlariga ko‘ra Ishchi guruh qarori asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik
ustama belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning
direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish ushbu Nizomga
3-
ilovada
keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |