42
3.Polimorfizm, berilmalarni ishlash funksiyalarining mavjudligi.
4. Abstraktsiya.Abstraktsiya – bu identifikatorlardan farqli bo‘lgan istalgan
dasturlash tili ifodasi hisoblanadi.
Obyektga mo‘ljallangan dasturlashda har bir obyekt printsipial dinamik
mohiyatga ega, ya’ni u vaqtga bog‘lik holda va unga nisbatan tashqi faktorlar
ta’sirida o‘zgaradi. Boshqacha aytganda obyekt ma’lum bir darajada o‘zini tutishiga
ega. Obyektga mo‘ljallangan dasturlashda abstraktsiya OYD ning modeli
hisoblanadi. Sinf umumiy xususiyatlar va hulk-atvorga ega bo‘lgan obyektlarni
birlashtiradi. Bitta sinfga mansub obyektlar bir xil xususiyatlarga ega bo‘lib, bir xil
xatti-xarakat namoyon etadi.
Sinflar shablon (qolip)ga o‘xshaydi: ular obyektlarning ekzemplyarlarini
tayyorlash uchun qo‘llanadi. Belgilar - sinfning tashqaridan ko‘rinib turgan
xususiyatlari. Obyekt ichki o‘zgaruvchiga bevosita kirishni takdim etganda yoki usul
yordamida
qiymatni kaytargandagina, o‘z belgilarini namoyon kilishi mumkin.
Hulk-atvor - xabarga yoki holatning o‘zgarishiga javoban obyekt tomonidan
bajariladigan xatti-xarakatlar. U obyekt nima qilayotganini bildiradi.
Bir obyekt ikkinchi obyekt ustida xatti-xarakatlar bajarib, uning xulk-atvoriga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. «Xatti-xarakat» atamasi o‘rniga «usulni chakirish»,
«funksiyasini chakirish» yoki «xabarni o‘zatish» atamalari ko‘llanadi. Muximi bu
atamalarning qaysi biri qullanayotganida emas, albatta, muximi bu xatti-xarakatlar
obyekt hulk-atvorini namoyon qilishga da’vat etishidadir.
Obyektlar o‘rtasida aloqa obyektga mo‘ljallangan dasturlashning muhim
tarkibiy qismidir. Obyektlar o‘zaro aloqasining ikkita asosiy usuli mavjuddir.
Birinchi usul: obyektlar biri ikkinchisidan mustaqil ravishda mavjud bo‘ladi.
Agar alohida obyektlarga o‘zaro aloqa kerak bo‘lib qolsa, ular bir-birlariga xabar
jo‘natadi.
Obyektlar bir-birlari bilan xabarlar yordamida aloqa qiladi. Xabar olgan obyekt
ma’lum xatti-xarakatlarni bajaradi.
Xabar uzatish bu obyekt xolatini o‘zgartirish maqsadida uslubni chaqirib olish
yoki xulk-atvor modellaridan birini ko‘llashning o‘zginasidir.
43
Ikkinchi usul: obyekt tarkibida boshka obyektlar bo‘lishi mumkin. Xuddi
OMDda bo‘lganidek, dastur obyektlardan tashkil topganidek, obyektlar ham, o‘z
navbatida, agregattsiya yordamida boshqa obyektlardan jamlanishi mumkin. Ushbu
obyektlarning har bittasida uslub va belgilarga ega bo‘lgan interfeys mavjud bo‘ladi.
Xabar - obyektga mo‘ljallangan yondoshuvning muhim tushinchasi. Xabarlar
mexanizmi tufayli obyektlar o‘z mustakilligini saqlab qolishi mumkin. Boshqa biron
obyektga xabar jo‘natayotgan obyekt uchun xabar olgan obyekt talabdagi xatti-
xarakatni
qanday
bajarishi
unchalik
muhim
emas.
Unga
xatti-xarakat
bajarilganligining o‘zi muhimdir.
Dostları ilə paylaş: