URUG‘LANGAN TUXUM HUJAYRANING BO‘LINISHI VA
BACHADONGA SILJIB BORISHI
Urug‘langan tuxum hujayra modda almashinuvining kuchayganligi
bilan farq qiladi. Yadrolar qo‘shilib ketgan hamono tuxum hujayra
bo‘lina boshlaydi. Kariokinez yo‘li bilan bo‘linish natijasida tuxum
hujayradan avval ikkita qizlik hujayra – blastomerlar hosil bo‘ladi,
bular ham bo‘linadi. Blastomerlarning tez bo‘linishi natijasida
hujayralar to‘plami vujudga keladi, bu hujayralar to‘plami sirtdan
qaraganda tut mevasiga o‘xshaydi (morula). Bo‘linayotgan tuxum ayni
vaqtda bachadon nayi ichida harakatlana borib, urug‘lanish paytidan
hisob qilganda 8–10-kuni bachadon bo‘shlig‘iga yetib boradi.
|