ONA
QORNIDAGI
HAYOTNING
AYRIM
OYLARIDAGI HOMILA
Homiladorlik so‘ngi hayz ko‘rishning birinchi kunidan hisob
qilganda o‘rta hisob bilan 280 kun yoki akusherlar hisobida 10 oy
davom etadi (akusherlar hisobidagi oy 28 kun; akusherlarning 10 oyi
40 hafta). Shu davr mobaynida tuxum hujayra urug‘lanib, undan
homila yetiladi, bu tug‘ilgan homila yashab keta oladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq kallasi.
1 – peshona suyagi; 2 – tepa suyak; 3 – chakka suyak; 4 – ensa suyagi; 5 – katta
qiyshiq o‘lcham; 6 – kichik qiyshiq o‘lcham; 7 – o‘rta qiyshiq o‘lcham;
8 – to‘g‘ri o‘lcham; 9 – vertikal (tik) o‘lcham.
1
3
4
5
1
2
3
4
5
6
7
8
24-
rasm.
ona qornidagi
homilaning qon aylanish doirasi.
1
– v. umbilicalis;
2
– v. portae;
3
–
ductus venoses Arantsii;
4
– v. cava
inferior;
5
– v. hepatica;
6
– o‘ng
bo‘lmacha;
7
– chap bo‘lmacha;
8
– o‘pka tomirlari;
9
– aorta;
10
– a. pulmonalis;
11
– ductus a.
Botalli;
12
– o‘pkalar;
13
– aorta
descendens;
14
– a. umbilicalis
.
Chaqaloqlar qon
aylanish doirasi.
1
– v. umbilicalis;
2
– v. portae;
3
–
ductus venoses Arantsii;
4
– v. cava
inferior;
5
– v. hepatica;
6
– o‘ng
bo‘lmacha;
7
– chap bo‘lmacha;
8
– o‘pka tomirlari;
9
– aorta;
10
– a. pulmonalis;
11
– ductus a.
Botalli;
12
– o‘pkalar;
13
– aorta
descendens;
14
– a.umbilicalis.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
4
7
8
13
1
2
3
5
6
9
10
11
12
14
14
a)
b)
d)
e)
f)
Qorindagi homila shakli va kattaligining ketma-ket
o‘zgarib borishi.
a – 1 oy; b – 1 1/2 oy; d – 2-oy oxiri; e – 3-oy oxiri; f – 4-oy oxiri.
I oy ichida tuxum bo‘linadi, murtak va embrional pardalar
hosil bo‘ladi.
II oy oxirida homilaning bo‘yi 3–3,5 sm, tanasi shakllangan,
qo‘l-oyoq kurtaklari bor, boshi tanasining uzunligiga baravar keladi,
boshida ko‘z, burun, og‘iz kurtaklari aniqlanadi (26-rasm).
III oy oxirida homilaning bo‘yi 8–9 sm, vazni 20–25 g, boshi
kattagina, jinsiy a’zolar tuzilishidagi tafovut sezilarli, qo‘l-oyoqlari
harakatlanadi, barmoqlari aniqlanadi.
Iv oy oxirida homilaning bo‘yi 16 sm, vazni 120 g, yuzi
shakllangan, qo‘l-oyoq harakatlari faolroq bo‘ladi-yu, onasiga
sezilmaydi, jinsi ro‘y-rost ajratiladi.
v oy oxirida homilaning bo‘yi 25–26 sm ga etadi, vazni 280–300
g bo‘ladi. Terisi qizil, tuk bosgan. Yog‘ bezlaridan yog‘ moddasi
ajralib chiqa boshlaydi, bu modda epidermis qazg‘oqlariga aralashib,
pishloqqa o‘xshash surtma (vernix caseosae) ni hosil qiladi. Ichakda
mekoniy hosil bo‘ladi. Homilaning harakatlari onasiga seziladi.
Homilador ayolning qorniga quloq tutib ko‘rilsa, homilasining
yuragi urayotganligini eshitish mumkin. VI oy oxirida homilaning
bo‘yi 30 sm, vazni 600–680 g, harakatlari chaqqon, homila tirik
tug‘ilishi mumkin, nafas harakatlarini bajara oladi, tug‘ruqdan keyin
alohida yaxshi parvarish qilinsa yashab ketishi mumkin, aks holda
tez o‘lib qoladi. VII oy oxirida homilaning bo‘yi 35 sm, vazni 1000–
1200 g. Teri ostidagi yog‘ qavati yupqa, terisi burishgan,
pishloqsimon surtma bilan qoplangan, butun badanini tuk bosgan.
Quloq va burun tog‘aylari yumshoq, qo‘loyoq tirnoqlari
barmoqlarining uchlarigacha yetmaydi. O‘g‘il bolalarning moyaklari
yorg‘oqqa tushmagan, qiz bolalarning kichik jinsiy lablari katta
jinsiy lablar bilan berkilgan emas. Homila tirik tug‘ilib nafas oladi.
Homiladorlikning VII oyi yoki 28 haftasi o‘tgach homila chala
(etilmagan) hisoblanadi-yu, yashay oladi, ammo shu muddatda
tug‘ilgan bolalar juda sinchiklab parvarish qilingandagina yashab
qolishi mumkin. VIII oy oxirida homilaning bo‘yi 40 sm, vazni
1500–1600 g, homila tug‘ilgach yashab ketishi uchun maxsus
parvarishni talab qiladi. IX oy oxirida homilaning bo‘yi 45 sm, vazni
2400–2500 g teri ostidagi yog‘ qavati qalin tortadi, terisi silliq, pushti
rang, badanidagi tuk kamaygan, boshidagi sochi o‘sgan. Bu
muddatda tug‘ilgan bola yashab ketadi. X oy oxiriga kelib chalalik
(yetilmaganlik) belgilari yo‘qoladi, homila yetilib tug‘iladi. Homila
akusherlar hisobicha X-oy oxirida yetiladi. Homilaning oy-kuni
yetib tug‘ilishi yetilish darajasiga ba’zan mos kelmaydi. Rivojlanish
sharoiti
noqulay
bo‘lganda
(onaning
kasalligi,
yaxshi
ovqatlanmasligi va hokazo) oy-kuni yetib tug‘ilgan bolada ham
yetilmaslik belgilari bo‘lishi mumkin. Ba’zan teskarisi ham bo‘ladi:
bola muddatidan ilgariroq tug‘iladi, lekin yetilgan bo‘ladi.
Tug‘ilgan homilaning necha oyligini bilish uchun bo‘yi va vazni
haqidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Gaaze sxemasi
homiladorlikning turli oylarida homilaning bo‘yini bilishga imkon
beradi.
oy oxiri
hisob
homila
bo‘yi (sm)
oy oxiri
hisob
homila
bo‘yi (sm)
I
1 x 1
1
VI
6 x 5
30
II
2 x 2
4
VII
7 x 5
35
III
3 x 3
6
VIII
8 x 5
40
IV
4 x 4
16
IX
9 x 5
45
V
5 x 5
25
X
10 x 5
50
Sxemadan
ko‘rinib
turibdiki,
homiladorlikning
birinchi
yarmida
(akusher larning 5-oyida) homilaning
bo‘yi oylarning kvadratga oshirilgan
soniga mos keladi, VI oydan boshlab
homilaning bo‘yi oylarning 5 ga
ko‘paytirilgan soniga mos keladi.
Keltirilgan o‘rtacha ma’lumotlarga
qarab,
homilaning
vaznini
bilish
mumkin.
VI va VII oyda homilaning vazni
avvalgi oydagiga nisbatan taxminan ikki
baravar oshadi, IX va X oyda
homila vazni eng ko‘p (o‘rta hisob bilan
800 g dan) o‘sadi.
HOMILANING YETILGANLIK BELGILARI
Tug‘ilgan go‘dakning etilganligi bir qancha belgilar
yig‘indisidan bilinadi.
1. Oy-kuni yetib tug‘ilgan yetuk go‘dakning bo‘yi o‘rta hisobda
50 sm (48 sm dan 57 sm gacha boradi), vazni 3200–3500 g (2600
dan 5000 g gacha va undan ortiqroq).
Homilaning bo‘yi vazniga nisbatan doimiy kattalik hisoblanadi,
shuning uchun homilaning bo‘yi yetilganlik darajasini to‘g‘riroq aks
ettiradi. Yangi tug‘ilgan go‘dakning bo‘yi 47 sm dan uzunroq bo‘lsa
yetilgan deb, 47 sm dan kamroq bo‘lsa etilmagan hisoblanadi. Bo‘yi,
45 sm dan 47 sm gacha bo‘lgan go‘daklarning etilganligini yoki
yetilmaganligini aniqlaganda har gal hamma belgilarni alohida
sinchiklab tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday go‘dakning
yetilganligi haqida akusher va pediatr birgalashib xulosa chiqaradi.
Yangi tug‘ilgan go‘dakning bo‘yi haqida ma’lumotlar bo‘lmasa,
vazni hisobga olinadi, shu bilan birga yangi tug‘ilgan chaqaloq vazni
2500 g dan kam bo‘lsa, yetilmagan deb hisoblanadi.
2. Yetilgan homilaning ko‘krak qafasi qavariq, kindik halqasi
to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘i bilan qov o‘rtasida bo‘ladi.
oy
homilaning
gramm hisobidagi
vazni (o‘rtacha
raqamlar)
III
20–25
IV
120
V
280–300
VI
600–680
VII
1000–1200
VIII
1500–1600
IX
2400–2500
X
3200–3500
3. Yetilib tug‘ilgan bolaning terisi och pushti rangda, teri
ostidagi yog‘ qatlami yaxshi rivojlangan, terisida pishloqsimon
surtma qoldiqlari bor, tuklari faqat yelkasida va orqasining yuqori
qismida qolgan, boshidagi sochining uzunligi 2 sm ga etadi,
tirnoqlari barmoqlarining uchlaridan oshib turadi.
Quloq va burun tog‘aylari elastik.
5. O‘g‘il bolalarning moyaklari yorg‘oqqa tushgan, qiz
bolalarning kichik jinsiy lablari va klitori katta jinsiy lablar bilan
berkilgan.
6. Yetilib tug‘ilgan go‘dak faol harakat qiladi, baralla
chinqiradi, ko‘zlari ochiq bo‘ladi, yaxshi emadi.
YETILGAN HOMILANING BOSHI
Akusherlikda homila boshining shaklini va kattaligini o‘rganish
ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Aksari tug‘ruqda (96%) homila
boshi ketma-ket bir qancha harakatlar qilib (burilib), tug‘ruq
kanalidan birinchi bo‘lib o‘tadi. Ichki tekshirishda homila boshidagi
suyak choklari va liqildoqlar (20-rasm) aniqlanadi, ularning qay
tarzda joylashganiga qarab, tug‘ruqning qanday o‘tishi haqida fikr
yuritsa bo‘ladi.
Yetilgan homila boshining bir qancha xususiyatlari bor.
Homilaning yuz suyaklari mustahkam birlashgan, ammo kalla
suyaklari orasida yoriqsimon choklar va liqildoqlar bor. Homila
boshi tug‘ruq yo‘llaridan o‘tayotganda choklar va liqildoqlar kalla
suyaklarining bir-biriga nisbatan siljishiga, bir-birining ustiga
o‘tishiga imkon beradi. Homilaning kalla suyaklari osongina
bukiladi.
Homila kallasi ikkita peshona suyagi, ikkita tepa suyak, ikkita
chakka suyagi va bitta ensa suyagi, asosiy suyak va g‘alvirsimon
suyakdan iborat (28-rasm). Akusherlikda quyidagi choklarning
alohida ahamiyati bor (27-rasmga qaralsin).
2
27-rasm. Yangi tug‘ilgan chaqaloq
kallasi (yuqoridan ko’rinishi),
undagi choklar va liqildoqlar.
1 – lambdasimon chok; 2 – o‘q-
yoysimon chok; 3 – tojsimon chok; 4 –
peshona choki; 5 – kichik liqildoq;
6 – kattaf
f
Dostları ilə paylaş: |