D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 BOZOR BAHOSINING QO‘LLANISH SOHASI



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111
kochmas mulkni baholash

7.2. BOZOR BAHOSINING QO‘LLANISH SOHASI
Bozor qiymati – har bir tomon yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, 
rejali va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan tegishli marketing 
tadqiqotlari amalga oshirilganidan keyingi tijoriy bitim (kelishuv) 
natijasida baholash sanasida manfaatdor sotuvchi tomonidan 
manfaatdor xaridorga aktivning sotilishi sodir bo‘lgan hisob-kitob 
pul summasi.
 «Mol-mulk»ka turlicha ta’rif berish mumkin. Ushbu ta’rifning 
har bir unsuri o‘z tushuncha doiralariga ega:


116
«Hisob-kitob pul summasi...» tijorat bozor bitimida (kelishuvida) 
aktiv uchun to‘lanishi mumkin bo‘lgan pulda (odatda, milliy 
valuta – so‘mda) ifodalangan narxga tegishli bo‘ladi. Bozor qiymatini 
aniqlashdagi mavjud shart-sharoitlarga amal qilishda baholash sanasida 
bozorda oqilona mulohazalarga ko‘ra olinishi mumkin bo‘lgan 
ehtimolli narx bozor qiymatining o‘lchovi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur 
narx – sotuvchi uchun, oqilona mulohazalarga ko‘ra, erishish mumkin 
bo‘lgan eng yaxshi hamda xaridor uchun oqilona mulohazalarga ko‘ra, 
erishish mumkin bo‘lgan afzalroq narxdir.
Xususan, mazkur narxni aniqlashda moliyalashtirishning o‘ziga 
xos bo‘lmagan shakli, mol-mulkni qaytadan ijaraga olish bilan 
sotish, mazkur bitimga (kelishuvga) jalb etilgan tomonlarning 
birortasi tomonidan taqdim etiladigan maxsus kompensatsiya va 
chegirmalar yoki «Maxsus qiymat» (ta’rifi 3-sonli Mulkni baholash 
milliy standartida keltiriladi)ning har qanday unsuri kabi bitimning 
(kelishuvning) o‘ziga xos shart-sharoitlari yoki holatlari hisobiga 
oshirilgan yoki pasaytirilgan narxlar hisobga olinmaydi.
«...u uchun aktivni ayirboshlash mumkin bo‘lgan...» aktiv 
qiymati oldindan aniqlanmagan yoki haqiqiy savdo narxi emas, 
balki ko‘zda tutilgan miqdor hisoblangan holatni ifodalaydi. Bozor 
qiymati  ta’rifiga  kiruvchi  boshqa  barcha  shart-sharoitlarga  rioya 
qilishda baholash sanasida bozorda kutilayotgan bitimni (kelishuvni) 
amalga oshirish narxidir.
«...baholash sanasiga...» bozor qiymatining ko‘zda tutilgan 
miqdori aniq sanaga tegishli bo‘lishi talabini ifodalaydi. Bozor va 
bozordagi shart-sharoitlar o‘zgarishi mumkinligi sababli, ko‘zda 
tutilayotgan  qiymat  boshqa  vaqtda  xato  yoki  haqiqatga  muvofiq 
kelmasligi mumkin.
Baholash natijalari baholashning o‘tgan yoki kelgusi sanasida 
emas, balki haqiqiy sanasida bozorning joriy holati va shart-
sharoitlarini aks ettiradi. Ta’rif, shuningdek, aktivning qo‘ldan 
qo‘lga o‘tishi va bitimning (kelishuvning) tuzilishi narxlarning 
hech bir o‘zgarishsiz bir vaqtda sodir bo‘lishini, boshqa holatda esa 


117
ular bozor qiymatidagi bitimda (kelishuvda) bo‘lishi mumkinligini 
ko‘zda tutadi.
«...manfaatdor xaridorga...» xarid qilishga sabab bo‘lgan, biroq 
bunga hech narcha majbur qilmayotgan shaxsga tegishlidir. Bunday 
xaridor xarid qilishga shoshilmaydi va har qanday narxni to‘lashga 
moyil emas. Bundan tashqari, u mavjud bo‘lishini ko‘rsatish, 
oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan tasavvur yoki gipotetik 
bozorning emas, balki joriy bozorning haqiqat va umidlariga 
muvofiq ravishda harakat qilgan holda xaridni amalga oshiradi.
Ko‘zda tutilayotgan xaridor bozor talab qiladigan narxdan 
yuqori narxni to‘lamaydi. Aktivning amaldagi egasi ham mazkur 
«bozor»ni tashkil etuvchilar qatoriga kiradi. Baholovchi bozor 
shart-sharoitlariga nisbatan haqiqatdan uzoq taxminlar qilishi yoki 
oqilona mulohazalarga ko‘ra bozor qiymatining erishish mumkin 
bo‘lgan darajasidan yuqori darajani ko‘zda tutishi mumkin emas.
«...manfaatdor sotuvchi tomonidan...» sotishga majbur 
qilinmayotgan yoki istalgan narxga sotishga yoki ayni vaqtda 
bozorda oqilona hisoblangan narxni ma’qullashga tayyor bo‘lmagan 
xaridor ko‘zda tutiladi. Ushbu narx qanday bo‘lishidan qat’i nazar, 
tegishli marketing tadqiqotlari o‘tkazilganidan so‘ng aktivlarning 
ochiq bozorda maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan narxda bozor 
sharoitlarida sotilishi manfaatdor sotuvchining sababi bo‘lib 
hisoblanadi. Aktivning haqiqiy mulkdorining amaldagi holati 
e’tiborga olinmaydi, chunki «manfaatdor sotuvchi» – bu gipotetik 
(taxminiy) mulkdordir.
«...tijoriy bitim (kelishuv) natijasida...» tomonlar o‘rtasida 
narx darajasini bozor uchun xos bo‘lmagan yoki maxsus qiymat 
unsurlarining mavjudligi sababli yuqori narxga aylantiruvchi biror 
o‘ziga xos yoki maxsus o‘zaro munosabatlarning (masalan, bosh 
va sho‘ba kompaniyalari yoki uy egasi va ijarachi o‘rtasidagi 
munosabatlar) mavjud emasligini ifodalaydi. Ko‘zda tutiladiki, 
bozor qiymati bo‘yicha bitim (kelishuv) biror munosabatlar bilan 
o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida amalga oshirilishi 


118
lozim bo‘lib, tomonlarning har biri mustaqil harakat qilishi 
lozim.
«...tegishli marketing tadqiqotlari o‘tkazilganidan so‘ng...» bozor 
qiymati  ta’rifiga  muvofiq  oqilona  mulohazalarga  ko‘ra  erishish 
mumkin bo‘lgan eng yaxshi narxda uning sotilishini ta’minlash 
maqsadida  muvofiq  tarzda  bozorga  olib  chiqilishini  ifodalaydi. 
Olib chiqishning davomiyligi bozorning shart-sharoitlariga bog‘liq 
holda turlicha bo‘lishi mumkin, biroq har qanday holatda ham aktiv 
yetarli miqdordagi salohiyatli xaridorlarni o‘ziga jalb etishi uchun 
yetarli bo‘lishi lozim. Olib chiqish vaqti baholash sanasidan oldin 
bo‘lishi lozim.
«...har bir tomon yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, rejali harakat 
qiladigan...» manfaatli xaridor va manfaatli sotuvchilarning 
sotilayotgan obyekt, undan amalda va salohiyatli foydalanish 
xarakteri va xususiyatlari, shuningdek, bozorning baholash 
sanasidagi holati to‘g‘risida yetarli darajadagi ma’lumotga ega 
bo‘lgan taxminni ifodalaydi. Keyinchalik, ularning har biri ushbu 
ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda, uning bitimdagi (kelishuvdagi) 
holati, narx nuqtayi nazaridan eng yaxshisiga erishishga intilgan 
holda, o‘z manfaatlari doirasida, rejali harakat qilishi taxmin 
qilinadi. Keyingi sana uchun oldingi sanadagi mulohazalarga 
nisbatan emas, balki bozorning baholash sanasidagi holatiga 
nisbatan rejalilik ko‘zda tutiladi. Sotuvchi mol-mulkni kamayuvchi 
narxlar bilan bozor sharoitlarida bozor narxlarining oldingi 
darajasidan past narxda sotayotgandagi rejasizlikning namoyon 
bo‘lishi majburiy emas. O‘zgaruvchan narxlar sharoitida savdo-
sotiqning boshqa holatlari kabi ushbu holatda rejali xaridor 
yoki sotuvchi bozorning ayni vaqtdagi holati to‘g‘risidagi to‘liq 
ma’lumotga muvofiq harakat qiladi.
«...va ixtiyoriy ravishda...» tomonlarning har birida bitimni 
(kelishuvni) amalga oshirish uchun sabablarning mavjudligi, biroq 
ularning hech biri bitimni (kelishuvni) amalga oshirish maqsadida 
majburlash yoki bosimga duch kelmasligini ifodalaydi.


119
Bozor qiymati aktivning sotish yoki xarid qilish bilan bog‘liq 
xarajatlarni hisobga olmasdan hamda har qanday yo‘ldosh soliqlarni 
(qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar) to‘lash xarajatlarini 
qoplamasdan aniqlangan qiymati sifatida tushuniladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin