113
shartlarini iqtisodiy xususiyatlar qatoriga kiritishdan juda ehtiyot
bo‘lish zarur.
Foydalanish. Qiyoslash obyektlari tanlangan vaqtda sotuvdan
so‘ng baholash obyekti kabi ishlatilmaydiganlaridan voz kechish
lozim. Masalan, sport zali sotuvdan so‘ng yopiq avtomobillar
to‘xtash joyi sifatida ishlatiladi. Bunday holda sotilish narxi sport
majmuasining bozor qiymatidan yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Baholash obyektidan ehtimolli foydalanishni aniqlash uchun
mahalliy zonalashtirish me’yorlariga tayangan ma’qul. Agar ikkita
obyekt ularning bir xilda ishlatilishini istisno etadigan turli zonalarda
joylashgan bo‘lsa, ularni qiyoslanuvchilar sifatida muhokama etib
bo‘lmaydi.
Ko‘chmas mulkka bog‘liq bo‘lmagan qiymat komponentlari.
Mehmonxonalar, restoranlar, do‘konlar va boshqa shu kabi savdo
obyektlariga ko‘chmas mulkka bog‘liq bo‘lmagan komponentlarning
qiymatda borligi xosdir. Jihozlar, mebel, moslamalar, idish-tovoq va
boshqalarning qiymati alohida hisobga olinishi lozim, negaki bunday
o‘rinlarning iqtisodiy xususiyatlari ko‘chmas mulk xususiyatlariga
mos kelmaydi. Ijara to‘lovi asosida ko‘chmas mulk baholanganda
baholash va qiyoslash obyektlari uchun ko‘chmas mulkka bog‘liq
bo‘lmagan qiymat komponentlari albatta ajratilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: