101
VI bob.
MULKNI BAHOLASHGA YONDASHUVLAR
6.1. MULK QIYMATINI BAHOLASHNING DAROMAD
YONDASHUVI
Ko‘chmas mulkni baholashdagi bosh muammo – bu asos sifatida
obyektning o‘tmishi va hozirgi ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
aniqlash va kelgusi holati maqbul bashoratlarini topishdan iborat.
Baho berishda bu yondashuvlar
bir-birini istisno qilmay, balki
o‘zaro to‘ldiradi va ulardan har biri bir necha usullarni birlashtiradi.
Bu usullarni hisob-kitoblarni bajarish jarayoniga nisbatan o‘z
yondashuvlari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mutaxassislarda eng ko‘p
tarqalgan, shu tasnif bo‘yicha
ko‘chmas mulkni baholash usullari uchta guruhga birlashgan:
1) daromadli yondashuv;
2)
xarajatli yondashuv;
3) qiyosiy yondashuv.
Baholanayotgan obyekt qiymati kutilayotgan daromadlar miq-
dori bilan aniqlanadi. Baholash potensial mulkdor uchun o‘zini
qiziqtirgan davr uchun bo‘lg‘usi daromadlarning joriy qiymatiga
nisbatan ko‘proq miqdorda to‘lamasligi haqida taxminga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: