99
Mulkning qoldiq qiymati –
obyektning eskirishni hisobga olgan
holdagi qiymati.
Garov qiymati
– kreditni ta’minlash maqsadidagi
qiymat.
Baholash faoliyati aniq bir vaqtda baholanayotgan obyektning
qiymati yoki mulk egasi ulushi miqdori haqida tushuncha olishdan
iborat. Baholash obyektlari baholash
maqsadlari va vaziyatlardan
kelib chiqqan holda har xil baholanishi mumkin. Shuning uchun
baholash o‘tkazish uchun qiymat xatosiz aniqlanishi lozim.
Hozirgi kunda quyidagi qiymatlar tasdiqlangan:
Bozor qiymati. Bozor qiymati – tomonlar barcha zarur
axborotlarga ega bo‘lib oqilona ish tutgan holda va kelishuv
qiymatiga hech qanday favqulodda vaziyatlar ta’sir
etmagan tarzda
mazkur obyekt raqobat sharoitida ochiq bozorda musodara qilinishi
mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy narx, ya’ni qachonki:
• tomonlardan biri baholash obyektini musodara qilishga majbur
bo‘lmasa, boshqa tomon esa ijro etishga majbur bo‘lmasa;
• tomonlar bitim maqsadlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega
bo‘lishganda va o‘z manfaatlari yo‘lida amal qilishsa;
• baholash obyekti ommaviy oferta shaklida ochiq bozorda
taqdim etilsa;
• bitim narxi baholash obyekti uchun
oqilona mukofotni ifodalasa
va bitim tuzish uchun bitimdagi ishtirokchi tomonlarga nisbatan
biror-bir tomondan majburlash bo‘lmasa;
• baholash obyekti uchun to‘lov pul shaklida ifodalansa.
Qiymatning ushbu turi davlat va mahalliy soliqlar bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. Korxona yoki
uning aktivlari qismini olib sotish maqsadlari uchun aynan bozor
qiymati aniqlanadi. Bozor qiymati obyektiv hisoblanib, ko‘chmas
mulk bozorining alohida ishtirokchilari xohishidan
mustaqil va
ushbu bozorda yuzaga kelgan real iqtisodiy sharoitlarni aks etadi.
Bozor qiymatidan farq qiladigan baholash obyekti qiymati
turlari:
• Bozori cheklangan baholash obyekti qiymati;
100
• Baholash obyektining o‘rnini egallash qiymati;
• Baholash obyektini qayta ishlab
chiqish qiymati;
• Joriy ishlatilishda baholash obyektining qiymati;
• Baholash obyektining investitsion qiymati;
• Soliqqa tortish maqsadlari uchun baholash obyekti qiymati;
• Baholash obyektining tugatilish qiymati;
• Baholash obyektining utilizatsiya qiymati;
• Baholash obyektining maxsus qiymati.
Ko‘pchilik professional baholovchilar baholashda uchta
yondashuv: xarajat, qiyosiy hamda
daromad yondashuvlaridan
foydalanishadi.
Baholash obyektining yakuniy qiymatini quyidagi formula orqali
aniqlash mumkin
1
:
V
V Z
i
n
=
×
=
∑
i
1
1
,
bu yerda:
V
i
– baholanadigan obyektning qiymatini i-m metod yordamida
baholash;
i = 1, …,
n – bu holatda qo‘llaniladigan metodlarning ko‘pligi;
Z
1
–
i metodning tortilish koeffitsiyenti.
Dostları ilə paylaş: