D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING IQTISODIYOTDA



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111
kochmas mulkni baholash

4.5. BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING IQTISODIYOTDA 
TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
Baholash maqsadlari yoki ko‘chmas mulk bo‘yicha baholash 
ishlarini o‘tkazish zaruratini keltirib chiqaruvchi sabablar, odatda, 
milliy qonunchilik bilan belgilanadi. Turli mamlakatlarda bu qoi-
dalar bir-biridan nimasi bilandir farq qiladi. O‘zbekiston Res-
publikasining «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining ham 
bu sohada o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Mazkur qonunning 


87
11-«Baholashni o‘tkazishning majburiyligi» moddasida belgila-
nishicha, «Baholashni o‘tkazish davlatga to‘la yoki qisman qa-
rashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu 
jumladan:
–  baholash  obyektlarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish,  xususiy-
lashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish 
maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
– baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydala-
nilayotganda;
– baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga 
boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda;
– baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan 
boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;
– baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga 
ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholashni o‘tkazish baholash obyektining qiymati bo‘yicha 
nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
–  mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; 
–  ipoteka krediti berilayotganda;
–  taraflardan  birining  talabiga  binoan  er-xotinning  mol-mulki 
bo‘linayotganda;
– mol-mulk mulkdorlardan davlat ehtiyojlari uchun sotib 
olinayotganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha 
tarzda olib qo‘yilayotganda;
–  soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan 
nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir».
Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida ularga xo‘jalik yuritish yoki 
operativ boshqarish huquqi bilan biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni 
tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq 
etilmaydi.
Baholovchi qiymatning kerakli darajasi va baholash maqsadini 
muvofiqlashtirishi  zarur  bo‘lgan  umumiy  qoidadan  istisno  holatlari 
ham mavjud. Bu tugatish qiymatlarini belgilashga taalluqli. Ushbu 


88
holatlarda buyurtmachi tugatish qiymatining muayyan turini 
aniqlashni talab qilishi mumkin va baholovchi uning talabini 
bajarishga majbur. 
Korxonalar bilan bo‘lgan bitimlar tajribasida korxona oldi-
sotdisi va biznes oldi-sotdisi farqlanadi.
Oldi-sotdi haqida gap yuritilganda «korxona» va «biznes» 
atamalari aslida bir-biriga o‘xshashdir. Korxona tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun ishlatiladigan mulkiy majmua 
hisoblanadi va korxona faoliyati uchun mo‘ljallangan mol-
mulkning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Korxona egalik huquqi 
asosida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan har xil huquq 
subyektlariga tegishli bo‘lishi mumkin. 
Biznes quyidagi maqsadlarda baholanadi:
1. Korxona, firmaning joriy boshqaruv unumdorligini oshirish;
2. Fond bozorida korxona aksiyalarini oldi-sotdi vaziyatida 
qimmatli qog‘ozlar narxini aniqash. Asoslangan investitsion 
yechimni qabul qilish uchun korxona mulkini va ushbu mulkning 
xarid qilinayotgan aksiyalar paketiga to‘g‘ri keladigan ulushini, 
shuningdek, biznesdan istiqbolda bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
daromadlar;
3. Korxonaning qiymatini aniqlash, agar u qisman yoki to‘liq 
olib sotilsa, ko‘p hollarda bitim bekor qilinishi yoki hamkorlarning 
biri o‘lganda qo‘sh egalik ulushlarini belgilaydigan bitimni imzolash 
uchun korxona qiymatini;
4. Korxonani qayta tuzish uchun bozor baholanishini o‘tkazish, 
korxona faoliyati yakunlanganda, biriktirilganda, qamrab olinishi yoki 
xolding tarkibidan mustaqil korxonalar ajrab chiqishi holatlarida;
5. Korxona rivojlanishi loyihasini ishlab chiqish. Strategik 
rejalashtirish jarayonida firmaning istiqboldagi daromadlarini, uning 
bardoshlilik darajasi va imij qadri ham baholanishi muhim o‘rin 
tutadi;
6. Korxonaning kredit to‘lash qobiliyati va kreditlashda garov 
qiymatini aniqlash;


89
7. Sug‘urtalash, ushbu jarayonda yo‘qotishlar arafasida aktivlar 
qiymatini aniqlash zarurati yuzaga keladi;
8.  Asoslangan  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish.  Inflatsiya 
korxonaning moliyaviy hisobotini noto‘g‘ri ko‘rsatadi, shuning 
uchun korxonaning mulki mustaqil baholovchilar tomonidan vaqti-
vaqti bilan baholanishi zarur;
9. Biznesni rivojlantirish investitsion loyihasini amalga oshirish. 
Bu vaziyatda uni isbotlash uchun korxonaning xususiy kapitalini, 
aktivlarini, biznesini va boshlang‘ich to‘liq qiymatini bilish zarur;
10. Agarda oldi-sotdi kelishuvi, kreditlash, sug‘urtalash, ijaraga 
olish yoki lizing, pay kiritish obyekti korxona mulkining biror-
bir elementi bo‘lsa, shuningdek, mulk solig‘i aniqlanganda zarur 
obyekt alohida baholanadi, masalan, ko‘chmas mulk, mashina va 
uskunalar, nomoddiy aktivlar.
Mazkur ishda biznes atamasi instrumentlar to‘plamini qo‘l-
laydigan, aktivlarga ega va barqaror pul muomalasini ta’minlaydigan 
tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Baholash jarayoni uchun 
baholanadigan obyekt va baholovchi subyekt mavjudligi o‘rinlidir.
4.2-jadval

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin