Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. Reja



Yüklə 108,71 Kb.
səhifə1/3
tarix19.04.2023
ölçüsü108,71 Kb.
#100492
  1   2   3
Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. Reja (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

___________________________FAKULTETI


______________________________GURUH TALABASI
___________________________________________________
_____________________________________________________________
FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


MAVZU:_____________________________________________________________
_____________________________________________________________________

Topshirdi: ____________________________


Qabul qildi: _____________________________

Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash.

Reja:


  1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati, tarkibi va tasnifi.

2. Amortizatsiya va asosiy fondlarning iqtisodiy axamiyati.
3. Asosiy fondlarni o`rtacha yillik qiymatini hisoblash.
4. Foydalanilgan adabiyot ro`yxati.

1.Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati, tarkibi va tasnifi.
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a`zolarining
moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini to`laroq qondirish shu mamlakat resurslari,
ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi.
Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko`p
resurslarga ega bo`lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo`ladi. Agar u ana shu
resurslardan to`la-to`kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o`rni bor. Chunki
ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko`rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin
emas. Ma`lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat
qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnatiishtirok etadi. Mehnat buyumlariga
xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i,
elektr quvvati, ta`mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat
vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi
vositalar, komp'yuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi
ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish
roliga ko`ra asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy
fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr


bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan
hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga
asta-sekin, to`zishiga qarab o`tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Ular ish
bajarishda, xizmat ko`rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishdа qatnashadilar. Ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va
tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o`rindan ikkinchi o`ringa tashish kabi
ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar. Asosiy fondlar ulardan foydalanish
maqsadiga ko`ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ular
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy
boyliklar yaratishda ishtiroк etishga qaratilgan bo`lsa, ishlab chiqarishda
qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy
ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.

Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlar asosiy fondlarning


ajralmas qismi bo`lib, ishlab chiqarish xarakterida bo`lmagan ehtiyojlarga bir necha
yil mobaynida xizmat ko`rsatuvchi fondlardir. Uy-joylar, maorif, sog’liqni saqlash,
kommunal xo`jalik, boshqaruv, madaniyat muassasalari va h.k. binolari, transport
vositalari, inshootlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish xarakterida bo`lmagan
asosiy fondlar jumlasidandir. Bu fondlar noishlab chiqarish sohasiga xizmat qiladi,
moddiy ne`mat ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi, ularning yemirilgan qismi
milliy daromad evaziga tiklanadi.
Mehnat buyumlariga ta`sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish fondlari
aktiv va passiv fondlarga bo`linadi.
Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini
o`zgartiruvchi, ya`ni bevosita ta`sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar,
texnologik liniyalar, o`lchov va to`g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi.
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta`sir
etuvchi, ya`ni ishlаb chiqarish jarayonining normal o`tishiga kerak sharoit yaratuvchi
ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.z).
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish
kerak bo`ladi.
Asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining har
turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Zarur mehnat sharoitlarini ta`minlaydigan bino va arxitektura-qurilish
ob`yektlari. Binolarga tsexlar, ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar,
omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2. Inshootlar - ishlab chiqarish jarayonining baja rilishiga zarur va mehnat
buyumlarini o`zgarishи bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan
muhandis-qurilish ob`yektlari (nasos stantsiyalar, tunnellar, ko`priklar va h.k.z.).
3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar.
4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:
energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga
mo`ljallangan kuch mashinalarи va asbob-uskunalar (generatorlar va
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);
ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta`sir
o`tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi
asbob-uskunalar: o`lchov va to`g’rilash asbob-uskunalari, laboratoriya asboblari,
hisoblash mashinalari, komp'yuterlar kiritiladi.
5. Transport vositalari.
6. Har xil asboblar.
7. Ishlab chiqarish inventarlari.
8. Xo`jalik inventarlari.
9. Boshqa asosiy fondlar.
Asosiy fondlar tarkibini o`rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi) masalasiga
ham e`tibor berish kerak bo`ladi. Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil
etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy qiymatidan
nisbatga aytiladi. Masalan, 100 mln. so`m bo`lsa, ulardan binolar–25%, inshootlar-15
%, uzatuvchi qurilmalar-10 %, ishchi mashinalar va jihozlar-30%, qolganlari esa 20
foiz bo`lishi mumkin.
Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Tasviriy tuzilma.
2. Texnologik tuzilma.
3. Tarmoq tuzilmasi.
4. Hududiy tuzilma.
5. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi.
Tasviriy tuzilmaning har xil vaqtda o`zgarishidan sanoatning texnik darajasini
va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo`ladi.
Asosiy fondlarning tuzilishiga kontsentratsiya, ixtisoslash, kooperatsiya,
kombinatsiyalash, yangi korxonalar qurish va qayta qurishga kapital sarflashning
texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan
mahsulotning xususiyati va hajmi chambarchas bog’liqdir. Masalan, ishlab
chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha ishchi mashinalar va
asbob-uskunalarning tutgan o`rni ko`proq bo`ladi.
Texnologik tuzilish asosiy fondlarning qismlari nisbatini ko`rsatadi. Tarmoq
tuzilishi sanoat tarmoqlaridagi asosiy fondlarning tarkibi bilan ifodalanadi. Hududiy
tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan
belgilanadi. Takror ishlab chiqarish strukturasi yangi qurilish va qayta qurish,
qayta qurollantirish va asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o`rnini
ifodalaydi.
Amaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo`llaniladi:
1) dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan baho;
2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho;
3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho;
4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi.
Dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib
olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport xarajatlari
(
Xt) va montaj xarajatlari (Xm)ni o`z ichigа oladi.

Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va


ishga tushirish uchun qilgan haqiqiy xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko`rsatkich korxona
(firma) balansida hisobga olinadi. Аммо asosiy fondlarning dastlabki to`la qiymat
orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda qurib ishga tushirilgan
korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslashda yetarli emas, shuning uchun asosiy
fondlarni baholashda qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan bahodan
foydalaniladi. Baholashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda ishlab chiqarilgan va olingan baholarni hozirgi yangi sharoitdagi bahoda ifodalash
imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil iste`mol qiymatga ega bo`lgan asosiy fondlarni
baholashda bir xil qiymatlarda ifodalash, korxonalar ko`rsatkichlarini taqqoslash va
fondlar samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Qiymatni qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning
jismoniy holati va ma`naviy eskirishini hisobga olgan holda qayta baho qo`yish orqali
aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta
borib asta-sekin ishdan chiqа boradi, shuning uchun ularga baho belgilashda ularning
ishdan chiqish va yeyilish qismi hisobga olinadi. Shu tufayli asosiy fondlarni
baholashda qolgan qiymati orqali belgilangan baho ham qo`llaniladi.
U ikki xil baho bilan ifodalanadi:
a) asosiy fondlarning ishdan chiqqan qismini ularning dastlabki to`la qiymatidan
ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat;
b) asosiy fondlarning ishdan chiqqan qismini ularning qaytadan tiklangan
qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat.
Asosiy fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qaytadan tiklash, kapital
ta’mir qilish yoki modernizatsiya qilish natija bermaydigan hollarda ularni ishlab
chiqarishdan olib tashlash zarur bo`lib qoladi. Bunday hollarda asosiy fondlarni
ishdan chiqarib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baho ishdan chiqqan, ishlab
chiqarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fondlarni (temir-tersak narxida)
realizatsiya qilish bahosidir.
Har xil iqtisodiy hisobotlar uchun asosiy fondlarni to`g’ri baholash muhim
ahamiyatga ega. Bunday bahoni asosiy fondlarni inventarizatsiya va qayta baholab
bilish mumkin.
Yillik o`rtacha baho asosiy ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish
ulardan foydalanish ko`rsatkichlarini hisoblash uchun zarur. Asosiy ishlab chiqarish
f
ondlarining yillik o`rtacha bahosi quyidagicha aniqlanadi:
bunda: Фк va Фч – yil davomida ishlab chiqarishga kiritilgan (Фк) va ishlab
chiqarishda chiqib ketgan (Fч) fondlar qiymati;
Tк – yil davomida ishlab chiqarishga kiritilgan asosiy fondlarning vaqti;
Tч – asosiy fondlarning ishlab chiqarishdan chiqib ketgan keyingi vaqt (yil
davomida).
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida
yillar o`tishi bilaн eskiradi va o`z sifatini yo`qota boradi. Asosiy fondlar ishlab
chiqarishda uzoq muddat ishtirok etganligi tufayli vaqt o`tishi bilan jismoniy va
ma`naviy jihatdan eskiradi.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida
foydalanishi natijasida butunlay yoki qisman to`zishi, yemirilishi tushuniladi.
Ma`lum vaqt o`tgandan keyin ishlab chiqarishда ishlab turgan mehnat qurollari ishga
butunlay va qisman jismoniy yaroqsiz bo`lib qoladi, bunday hollarda ular yangisi
bilan almashtiriladi yoki ayrim qismlari kapital ta’mir yoki modernizatsiya qilinadi.
Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning qiymati yo`q bo`lib ketmaydi, balki
tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko`chiriladi.
Korxonalarda faqatgina amalda ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina
to`zimay, balki bekor turganlari ham to`ziydi (yemiriladi). Mashina va asbob-
uskunalarning jismoniy eskirish miqdori ularning xizmat qilish muddati va to`zish
(yemirilish) darajasiga nisbatan aniqlanadi.

Yüklə 108,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin