D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111
kochmas mulkni baholash

Tayanch so‘z va iboralar: bozor  qiymati, investitsion  qiymat, 
sug‘urta qiymati, soliq qiymati, foydalanish (utilizatsiya) qiymati, 
tugatish qiymati, maxsus qiymat, adolatli qiymat. 
Nazorat savollari:
1.  Bozor qiymati tushunchasi nima?
2.  Qiymatlarning bir-birlaridan farqini tushuntiring. 
3.  Qiymatlarning foydalanish sohalarini keltirib o‘ting.
4.  Hisobotlar tuzishda qanday qiymatlarga asoslaniladi?
IX bob. 
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI QIYMATINI 
BAHOLASH
9.1. KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI QIYMATINI 
BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS USLUBIYOTI
Ko‘chmas mulk obyektlari va bozorini o‘rganish ularning 
mohiyatini aks ettiruvchi so‘z va iboralarning tahlilini nazarda 
tutadi. Fuqarolik kodeksida mulk obyekti sifatidagi ko‘chmas mulk 


132
obyektining huquqiy munosabatlarini ko‘chmas mulk belgilab 
beradi. «Mulk» atamasi aniq bir shaxsga tegishli mulkiy huquqlar 
yig‘indisini ifodalaydi, ya’ni «mulk huquqi shaxsning o‘ziga 
qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishi» (O‘zR FK, 
164-m.) tushuniladi. Binobarin, «ko‘chmas mulk» va «qo‘zg‘almas 
mulk» tushunchalari, bu fuqarolik huquqining moddiy obyekti, bi-
rinchi navbatda, egalik huquqi mulk (ko‘chmas mulk) obyektining 
huquqiy munosabatlarini, ya’ni ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan 
huquqlar yig‘indisini belgilaydi. Obyektlarning ko‘chmas mulkka 
va ko‘char mulkka bo‘linishi (O‘zR FK, 83-m.) ularning jismoniy 
mohiyatiga emas, balki huquqiy (qonuniy) jihatlariga asosan amal-
ga oshirilgan.
«Qo‘zg‘almas mulk – bu yer hamda unda joylashgan bino va 
inshootlardan tashkil topgan har qanday mulkdir»
1
.
«...mulklar o‘z tabiati yo qo‘llanish sohasi hisobiga yoki te-
gishli predmetning tashkil etuvchisi sifatida ko‘chmas mulk bo‘lib 
hisoblanadi»
2
.
«Qo‘zg‘almas mulk – real yer va butunlay moddiy mulkdir. Ular 
yerusti va ostidagi yoki yerga biriktirilgan barcha moddiy mulklarni 
qamrab oladi»
3
.
«Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yerosti boyliklari, 
binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy 
bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga no-
mutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin 
bo‘lmaydigan obyektlar kiradi»
4
.
1
 Оксфордский толковый словарь по бизнесу. – М.,1995. С. 543.
2
 Кулагин М. Предпринимательство и право: опыт запада – М., 1992. 
С. 110–115.
3
 Розенберг Д. Инвестиции: Терминологический словарь – М., 1992. 
С. 268.
4
 O‘zR FK, 83-modda.


133
Yuqorida keltirilgan barcha ta’riflarda yer va u bilan bog‘liq bar-
cha narsalar haqida tushuncha beriladi. Ko‘chmas mulk obyektlari-
ni jismoniy mohiyatidan kelib chiqqan holda tasniflayotganda ularni 
yer bilan bog‘liq va yerga bog‘liq bo‘lmagan guruhlarga ajratish 
lozim.
O‘rta Osiyoda XIX asrgacha, odatda, ko‘chmas mulk bi-
lan birgalikda mulkdor boylarning yerga egaligini ko‘rsatuvchi 
mulki, xo‘jaligi, harami tushunchalari keng tarqalgan. Sovet 
davri iqtiso diyotida yaqin davrlargacha «ko‘chmas mulk» iborasi 
qo‘llanilmagan edi, faqat tarixan «ko‘chmas mulk – ustida bino-
lar, inshootlar va boshqa ba’zi qurilishlari bor feodalizm zamonidan 
qolgan yer uchastkalari» tushunilgan.
Ingliz tili atamashunosligi tarixi estate,  property,  real iboralari-
ning quyidagi ma’nolarini aniqlash imkoniyatini beradi:
AQSH ko‘chmas mulk bozorining zamonaviy nazariya va 
amaliyotida jismoniy obyekt (real  estate) va ko‘chmas mulk 
bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni anglatuvchi tushunchalar 
mavjud.
Binobarin, agar biz ko‘chmas mulk obyektlarining jismoniy 
mohiyati haqida so‘z yuritsak, «ko‘chmas mulk obyekti» iborasini, 
agar huquqiy munosabatlari (egalik huquqi, ya’ni egalik qilish, foy-
dalanish va tasarruf qilish) haqida o‘ylasak, «qo‘zg‘almas mulk» 
yoki «ko‘chmas mulk» iboralarini qo‘llasak o‘rinli bo‘ladi:
– estate – mulk joylashish o‘rni, katta yer, mulk, boylik; 
– property – mulk, egalik huquqi, xususiyat, sifat; 
– real – haqiqiy, real, rostakam, natural, yasama emas, aldamchi 
emas, real (yurid., iqt.), qo‘zg‘almas, moddiy, asl, moddiy (matemat.) 
degan ma’noni bildiradi.
Yuqoridagi fikrlar quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi:
Ko‘chmas mulkning inglizcha tushunchasi ma’no jihatidan bir-
biridan uzoq estate va property ishlatilganda mos ravishda jismoniy 
obyekt  va  huquqlar  yig‘indisi  iboralari  bilan  ta’riflanadi,  ulardan 
har biri, o‘z navbatida, real  iborasi bilan (egalik huquqi, ya’ni 


134
egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish) ma’nolarini ta’riflovchi 
alohida tushunchalarni hosil qiladi.
«Ko‘chmas mulk» va «qo‘zg‘almas mulk» tushunchalari jismoniy 
obyektni  ta’riflashdan  ko‘ra  ko‘proq  huquqiy  munosabatlarni 
belgilab beradi. Obyektlarning jismoniy mohiyati haqida so‘z 
yuritilganda, ko‘chmas mulk va qo‘zg‘almas mulk tushunchalaridan 
ko‘ra ko‘chmas mulk obyektlari tushunchasini qo‘llash to‘g‘riroq 
bo‘ladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin