Baholangan qiymat – ma’lumotlarning tahliliga asoslangan,
baholovchi aniqlagan baholash narxi.
Baholash – narxni aniqlash jarayoni yoki natijasi, narx qiymati haqida
fikr yoki uni baholash.
Baholovchi – ko‘chmas mulkni baholash tajribasiga, tayyorgarligiga
va malakasiga ega bo‘lgan shaxs.
Bozor qiymati – bu ko‘chmas mulkdagi biror-bir manfaatning (mulk
huquqlari, masalan, meros bo‘lib qolgan ijara huquqlari va h.k.) erkin
bozordagi eng ehtimolli sotilish qiymati. Yoki xaridor va sotuvchi rozi
bo‘lgan pul yoki pul ekvivalentida ifodalangan qiymat. Bunda ulardan
birontasi ham mushkul holatga tushib qolmaydi, ikkovi ham o‘ziga xos
asoslarga ega bo‘ladi, yetarlicha xabardor bo‘lishadi va o‘z manfaatlariga
ko‘ra ish ko‘rishadi.
Bozor narxi – kelishuvda to‘langan summa – bu tarixiy dalil. Bozor
narxi – albatta yaxshi xabardor bo‘lmasa-da, bosimdan ozod bo‘lgan
189
va mustaqil ish ko‘rgan xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi muzokaralar
natijasida amalga oshirilgan kelishuv narxi.