Yer uchun qoldiq texnikasi – binolarning qiymati ma’lum bo‘lgandagi
yer qiymatini baholash usuli.
Jismoniy yemirilish – ichki jarayonlar va tashqi omillar ta’siri ostida
umuman bino (inshoot)larning hamda ularning alohida tarkibiy qismlari,
konstruksiyalari, muhandislik tizimlarining dastlabki ekspluatatsion
xususiyatlarini yo‘qotishi.
Jismoniy yemirilish – bu ekspluatatsiya jarayonidagi tabiiy jarayonlar
hisobiga qiymatning yo‘qolishi. U yemirilish va buzilish, chirish, zanglash,
sinish va konstruktiv nuqsonlarda ifodalanadi.