ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh. Bu falonchi o‘g‘li falonchining jannatga kirishiga
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
Bir bandaning gunohlari kechirilganida bir farishta uni arosat maydoniga olib boradi. Va
shunday deydi: "Bu falonchi o‘g‘li falonchidir. Alloh taolo uning gunohlarini afv qildi.
Qaytib qaroqchi bo‘lmaydi, saodatga erishdi", deydi. U kishiga bu maqomdan ko‘ra
ziyoda, suyukli maqom bo‘lmaydi.
Qiyomat kuni Rasullar (a.s.) minbarlari ustida bo‘ladilar. Har bir rasulning minbari uning
martabasiga ko‘ra bo‘ladi. Ulamoyi olimiyn, ya’ni ahli sunnat e’tiqodida bo‘lgan va
bilganlariga amal qilgan olimlar ham nurdan yaratilgan kursilarda bo‘lishadi. Alloh
taoloning dinini saqlash va yoyish uchun shahid bo‘lganlar bilan solihlar, ya’ni shariatga
amal qilganlar, Qur’oni karimni hurmat bilan va musiqaga solmasdan o‘qigan hofizlar,
azonni sunnatga mos ravishda chaqirgan muazzinlar tuprog‘i mushkdan bo‘lgan tepalik
ustida bo‘ladilar. Bular ahkomi islomiyatga tobe’ bo‘lib, yaxshi amal qilganlari uchun
kursi sohiblari, payg‘ambarlardan keyin shafoat huquqi beriladigan kishilardir.
Hadisi sharifda shunday deyiladi: "Qur’oni karim qiyomat kunida go‘zal yuzli va axloqi
go‘zal bir kishi suratida keladi. Undan shafoat qilishi so‘raladi va u shafoat qiladi. Uni
musiqa bilan (g‘azal o‘qigandek o‘qiganlardan, cholg‘u va o‘yin joylarida rohatlanish
uchun, pul topish uchun o‘qiganlardan) o‘qiganlardan haqqini da’vo qiladi, so‘raydi. O‘zi
rozi bo‘lgan kishilarnigina olib jannatga ketadi".
Dunyo (ya’ni, ibodat qilishga mone’ bo‘lgan va harom ish qilishga sabab bo‘lgan narsalar
va kishilar) keksa, oq sochli va ayollarning eng xunugi suratida keladi. Insonlardan: "Siz
uni taniysizmi?" deb so‘raladi. Ular: "Biz uning sharridan Allohga sig‘inamiz. Yo‘q",
deydilar. Ularga: "Sizlar dunyoda unga yetishish uchun bir-birlaringiz bilan
urushardingiz", deyiladi.
Xuddi shunday juma ham sevimli bir inson suratida ko‘rinadi. Mo‘minlar unga diqqat
bilan qaraydilar. Juma kunini sevganlar mushk tepalari ustida bo‘ladilar. Juma namozini
o‘qiganlarida bir nur bo‘ladiki, unga qarab hamma ajablanadi. Juma kuniga bo‘lgan
muhabbatlari sabab jannatga kiritiladilar.
Ey musulmon birodar! Alloh taoloning rahmatini, Qur’oni karimning, Islomning va
jumaning saxiyligini ko‘ryapsanmi?! Qur’oni karim ahli qanday baxtlidirlar. Namoz, ro‘za,
zakot, sabr va go‘zal axloqdan iborat bo‘lgan Islom qanchalik qiymatga ega.
O‘lim paytida insonning tipirchilashidan, siqintili ko‘rinishidan ma’no chiqarib bo‘lmaydi.
Zero, Xandaq kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ey chiriydigan jasadlarning Parvardigori va
yo‘q bo‘ladigan ruhlarning yaratuvchisi bo‘lgan Rabbim!" degan duolari shuni
ko‘rsatadiki, Alloh istagan har bir jasad chiriydi va ruhlar ham qiyomat kuni kelsa, yo‘q
bo‘ladi. Bularning barchasining yaratuvchisi va Rabbisi Allohdir. Bularning har biri
alohida ilmdir.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: