Bobakulov T.I. Pul massasi – pul-kredit siyosatining asosiy indikatori. Bozor, pul va kredit. – №2 Toshkent, 2007;
структурных преобразований”. Макроэкономические проблемы переходного переода в Узбекистане.
“ЦЭИиС”, ЦБРУз. Под ред.Муллажанова Ф.М. Издательский дом “Мир экономики и права”, 1997;
Намозов О.Ш. Монетарная политика в переходной экономике: концептуальyые подходы и программные
направления/на примере Респупблики Узбекистан/:Дис.на соис. учен. степ.докт.эк.наук. – Ташкент, 2001.
11
Keynsianslar pul talifi va milliy maxsulot darajasi o'rtasidagi bog'liqlik juda yuqori
deb xisoblaydilar. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda to'liq
iqtisodiy ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak.
Keyns ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ixlos
qo’yish nazariyasi nomini oldi. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar
qo’llarida pulni saqlaydilar? degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi
vakillarining pulga bo’lgan talab boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u
daromadga proporsional degan fikrdan farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab
foiz stavkasiga ham bog’liq, deb hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat
daromadga emas, balki foiz stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa
uning funksiyasining Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz
stavkasi hech qanday ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan
keskin farq qiladi. O’z navbatida, Keyns pulga jamiyatdagi boyliklarning bir turi
sifatida qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum
qismini pul shaklida saqlashlari, ularning likvidlik hususiyatlarini qay darajada
baholashlariga bog’liq.
Odamlar odatda, eng likvidli portfelni tanlaydilar va binobarin, bu ular
tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keyns o’zining pulga
bo’lgan talab nazariyasini "likvidlikka ihlos qo’yish" nazariyasi deb atadi.
Shuningdek, Keyns pulga bo’lgan talab nazariyasining markaziga foiz stavkasini
qo’ydi. Bu pulga bo’lgan talabning chayqov omilida o’zining yaqqol ifodasini
topdi. Bu qaqida horijlik taniqli olimlardan professor F.Mishkin shunday
ta’kidlaydi: "Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini
pulga bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu
nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lgan talab
foiz siyosatiga bog’liq emas"
7
.
Keynschilik konsepsiyasi, asosan, o’tgan XX asrning 30-40- yillarida yaxlit
g’oyaviy oqim sifatida to’liq shakllandi va u makroiqtisodiy nazariyada hamda
Dostları ilə paylaş: