Харрис Л. Денежная теория: Пер. с английского /Общ. ред. и вст. ст. Усоскина В.М.–М:. Прогресс, 1990. –
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер. с анг. – Москва: Гелиос АРВ, 1999. –С. 107.
13
o’zining pulga bo’lgan talab nazariyasini "likvidlikka ihlos qo’yish" nazariyasi deb
atadi. Shuningdek, Keyns pulga bo’lgan talab nazariyasining markaziga foiz
stavkasini qo’ydi. Bu pulga bo’lgan talabning chayqov omilida o’zining yaqqol
ifodasini topdi.
Ma’lumki, monetar siyosat nazariyasida markaziy o’rinni foiz stavkasi
pulga bo’lgan talabga ta’sir etadimi, agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala
egallaydi. Bu hususida juda ko’p olimlar o’z fikrlarini aytganlar. Jumladan,
I.Fisher foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi, u daromadga bog’liq,
degan hulosaga kelgan. Kembrij maktabining olimlari esa foiz stavkasi nominal
yalpi ichki mahsulotga proporsional, deb hisoblashgan. Ammo, J.Keyns
kembrijcha yondashuvni rivojlantirib, foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga sezilarli
darajada ta’sir qiladi, degan hulosaga kelgan. Umuman, Keyns tadqiqotlarida foiz
stavkasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab pasayadi, degan hulosa ilgari
suriladi. Keyns fikricha, pul massasining o’zgarishi foiz stavkasiga bevosita ta’sir
qiladi
10
.
Miqdoriylik nazariyasi bo’yicha yalpi daromadning ma’lum darajasida
aholining qo’lida qancha pul bor degan savol qo’yiladi. Shuning uchun u amalda
pulga bo’lgan talab nazariyasi hisoblanadi. Fisherning pulga bo’lgan talabning
miqdoriylik nazariyasiga muvofiq pulga bo’lgan talab mutlaq daromadning
funksiyasi hisoblanadi va foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi. O’z
navbatida, Fisher "pulga bo’lgan talab, birinchidan, ma’lum miqdordagi YAIM
(RY) doirasidagi bitimlar hajmi bilan va ikkinchidan, odamlarning bitimlarni
amalga oshirishlari bog’liq bo’lgan iqtisodiyotdagi kredit institutlari tomonidan
aniqlanadi, bu esa pulning aylanish tezligini aniqlaydi" degan hulosaga keldi.
Kembrijning olimlari pulga bo’lgan talabning bitimlar hajmiga va
institutsional omillarga bog’liqligini o’rganishning o’rniga, ma’lum holatlarda
odamlar qo’llarida qancha miqdorda pul ushlab turishni hoqlaydilar degan savolni
qo’ydilar. Kembrij maktabi iqtisodchilari odamlarning qo’llarida pul ushlab
Dostları ilə paylaş: